“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:43
ЎЗO‘Z

Avstriyada elektromobillarga trassalarda tezlikni oshirishga ruxsat berildi

05 noya, 08:02 2 564 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avstriyada elektromobillarga trassalarda tezlikni oshirishga ruxsat berildi Elektromobillarni ommalashtirish maqsadida ayrim mamlakatlar hukumatlari ekologik toza avtomodellar egalarini qo‘shimcha rag‘batlantirish choralarini qo‘llamoqda. Odatda bunday rag‘batlantirishlar soliq imtiyozlari, avtoturargohlardan bepul joy va jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘lakdan yurish huquqi kabi bo‘ladi. Biroq Avstriyada yanada qiziqarliroq imkoniyat – tezlikni belgilanganidan oshirish ham taklif etilmoqda.

Yevropadagi ushbu mamlakat hukumati elektromobillarni ommalashtirish maqsadida ularning egalariga jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yo‘laklardan harakatlanish, avtoturargohlardan bepul joy olish va tezyurar magistrallarda belgilanganidan ham kattaroq tezlikda harakatlanish imkoniyatini taqdim etishini ma’lum qildi.

Xususan, elektromobillarning haydovchilari umumiy uzunligi 440 kilometr bo‘lgan avtobanlarda soatiga 130 km tezlikda harakatlanishiga ruxsat beriladi, vaholanki ichki yonuv dvigateli (IYoD) bilan jihozlangan (benzin yoki dizelli) avtomobillar uchun tezlik limiti soatiga 100 kilometrni tashkil etadi.

Avstriyada "Immissionsschutzgesetz Luft" (IG-L, Air Pollution Control Act) qonuni amal qiladi. Mazkur hujjat avtobanlarning ayrim, atrof-muhit zararli moddalardan ko‘p jabr ko‘rishi mumkin bo‘lgan qismlarida tezlikni cheklaydi. Chunki tezlik qancha yuqori bo‘lsa, yonilg‘i sarfi shuncha katta bo‘ladi, bu esa zararli moddalar ajralib chiqishini ham ko‘paytiradi.

Elektromobillarda esa bunday kamchilik yo‘q, shu bois ularning tezligini bunday vaj bilan cheklashdan foyda yo‘q.

Avstriyada elektromobillar ommalashuvi yomon emas, biroq hukumat 2017 yilda prognoz qilgan darajadan past. Shu bois ham rasmiylar elektromobillarga qiziqishni oshirish maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 0
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar