“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:29
ЎЗO‘Z

Misr ehromlarining qurilish siri aniqlandi

04 noya, 17:13 4 443 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Misr ehromlarining qurilish siri aniqlandi Arxeologlar tomonidan qadimgi misrliklar ganch(alebastr) qazib olgan Xatnub ochiq konidan ko‘p tonnali tosh bloklarini ko‘tarishda qo‘llanilgan nishab yo‘lka(pandus) izlari topildi.

Uning yoshi 4500 yilga teng deyilmoqda. Olimlarning aytishicha, bunday tizimlar ohaktoshdan piramidalarni barpo etishda ham qo‘llanilgan, deb yozadi "Xalq so‘zi" nashri.

Ganch haykallar, idishlar, tosh tobutlar tayyorlash, shuningdek, ibodatxona devorlari va pollarini qoplashda ishlatilgan. Uni Misrning Luksor shahridan shimolda joylashgan Xatnub konidan olishgan.

Garchi misrliklar o‘ta og‘ir ganch toshlarni joydan joyga qanday qilib ko‘chirishgani shu paytgacha fanga aniq ma’lum bo‘lmasa-da, buning uchun qo‘shimcha muhandislik moslamalariga ega nishab yo‘lka(panduslar)dan foydalanilgan deb hisoblab kelinardi.

Endi bu narsaning siri ham olimlarga ayon bo‘ldi. Gap shundaki, Xatnubda bloklarni ko‘tarish tizimi markaziy pandusdan tashkil topgan. Uning ikki tomonida zinapoya yasalgan. Qoyada o‘yilgan yoriqqa esa mustahkam yog‘och ustunlar qo‘yilgan.

Bloklar yog‘och chenalarga ortilgan. Misrliklar ustunlar va arqonlar yordamida toshlarni tortib chiqargan. Bunday usuldan boshqa konlarda ham foydalanilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 85
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar