“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:21
ЎЗO‘Z

Indoneziya vise-prezidenti AirAsia’ning yo‘qolgan samolyoti halokatga uchraganini ma’lum qildi

28 dek, 20:12 7 544 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Indoneziya vise-prezidenti AirAsia’ning yo‘qolgan samolyoti halokatga uchraganini ma’lum qildi Indoneziya vise-prezidenti Yusuf Kalla (Jusuf Kalla)ning ma’lum qilishia, Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasiga tegishli, 28 dekabrga o‘tar kechasi yo‘qolgan samolyot, katta ehtimol bilan, halokatga uchragan. Bu haqda The Bangkok Post xabar bermoqda deb yozadi Kun.uz.

“Layner halokatga uchragan bo‘lishi ehtimoli bor”, – dedi Kalla maxsus matbuot anjumanida. U yo‘qolgan samolyotni izlash bo‘yicha Indoneziyadagi qidiruv-qutqaruv markaziga ham rahbarlik qilmoqda.

Ayni vaqtda, Indoneziya vise-prezidentining ta’kidlashicha, layner aynan qayerda halokatga uchragani haqida hozircha hech qanday aniq ma’lumot yo‘q.

Avvalroq, qorong‘u tushgani va noqulay ob-havo sharoiti sabab qidiruv ishlari to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi. Qidiruv-qutqaruv ishlari 29 dekabr, dushanba kuni, tong otishi bilan davom ettiriladi.

Bir muddat avval Indoneziya transport vazirligiga samolyot Yava dengizidagi, Indoneziyaga qarashli Belitung orolining sharqi qismiga qo‘ngan bo‘lishi mumkinligi haqida axborot kelib tushgandi. Bu haqda, go‘yoki, samolyot uchib ketgan Surabaya shahridagi inqiroz markazi aniqlagan. Biroq ushbu ma’lumot oxir-oqibat rasman tasdiqlanmadi.

AirAsia aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti QZ8501 reysi bo‘yicha Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga uchib ketayotgan edi. Samolyot bilan aloqa mahalliy vaqt bilan 7:24da uzilgan. Bungacha samolyot ekipaji, qalin bulut qobig‘idan qochish maqsadida, havo kemasini 9,75 kilometrdan 11,5 kilometr balandlikka ko‘tarish niyatini dispetcherlarga ma’lum qilgan.

Layner bortida 155 nafar yo‘lovchi va ekipajning etti a’zosi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning 149 nafari indoneziyalik, uch nafari Janubiy Koreya, bir nafardan Singapur, Malayziya va Buyuk Britaniya fuqarolari bo‘lgan. Layner ekipaji olti nafar Indoneziya fuqarosi va bir fransuzdan iborat edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar