“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:21
ЎЗO‘Z

Xabib Nurmagomedovga Ukraina fuqaroligini berish rad etilgani ma’lum qilindi

16 okt, 12:37 3 424 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xabib Nurmagomedovga Ukraina fuqaroligini berish rad etilgani ma’lum qilindi Rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov o‘z vaqtida Ukraina fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan. Bu haqda uning amakisi Aleks Nurmagomedov “Sport-Ekspress” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Xabib Ukraina fuqaroligini olishi uchun imkoni bor ishni qilganmiz. Biz Ukraina va uning xalqini qadrlaymiz va hurmat qilamiz. Aytishim mumkinki, bundan yaxshiroq xalq yo‘q. Tug‘ilgan joying vataning, deyishadi. Biroq meningcha, senga yaxshi bo‘lgan joy vatandir. Biz Xabibning Ukraina uchun ishtirok etishini rejalashtirgandik, biroq buning uddasidan chiqa olmadik”, deb aytgan Nurmagomedovning amakisi.

Uning aytishicha, Xabib unga Ukraina fuqaroligi rad etilganidan ranjigan. “U nima uchun pasport berilmayotgani haqida so‘raganda, buni bilmasligimni va hech narsa qila olmasligimni aytganman. U birinchi janglariga Poltavadan uchgan. Kiyevdagi “Combat-DOBRO” klubi uchun ishtirok etgan. Poltavadan Xabibni Rossiyaga jo‘natganmiz”, deb qo‘shimcha qilgan sportchining amakisi.

Ta’kidlanishicha, Xabibning otasi Abdulmanop Nurmagomedov harbiy xizmatni Ukrainada o‘tagan. So‘ngra ukrainalik murabbiy Petr Butriy qo‘lida dzyudo bilan shug‘ullangan hamda dzyudo va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni bo‘lgan. Xabibning amakisi Aleks Nurmagomedov esa hozirda Ukrainaning Poltava shahrida yashaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 251
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar