“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:59
ЎЗO‘Z

Xotinining qo‘l barmoqlarini kesib tashlagan er ustidan sud jarayoni boshlandi…

16 okt, 11:44 5 320 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xotinining qo‘l barmoqlarini kesib tashlagan er ustidan sud jarayoni boshlandi… Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yil dekabrida Moskva viloyatida yashovchi Dmitriy Grachyov xotinini birovlarga rashk qilish oqibatida jinoyatga qo‘l urgani haqida xabar bergandik. U o‘shanda xotinini o‘rmonga olib borgan. Oldiniga turli ko‘rinishdagi qiynoqlarga solgan. Keyin esa ikkala qo‘lidagi barcha barmoqlarni kesib olgan-u, jon berish arafasida qolgan ayolni kasalxonaga olib borib, o‘zi politsiyachilarga taslim bo‘lgan.

Vrachlar o‘shanda to‘qqiz soat davomida jonlantirish amalini o‘tkazishgan. Jarrohlar bir kecha-kunduz ayolning hayotini saqlab qolishga harakat qilishgan. Umridan bor ekan, ayol o‘lmay qoldi. Hatto, bir qo‘lidagi barmoqlarini qayta tiklashning ham imkoni tug‘ildi. Lekin hanuz ayol doimiy tarzda muolajalar olishga mahkum.

Aytishlariga qaraganda, fojia yuz bermasdan bir necha hafta oldin bu ayol erining ustidan hudud noziriga ham arz qilib, duch kelganga rashk qilaverishini aytgan. Biroq hudud noziri erkakning yurish-turishida jinoyat izlari sezilmayotganini aytgan-u, qo‘l siltab qo‘ya qolgan. Mana, endi politsiyachi ham xizmat burchiga mas’uliyatsizlarcha yondashganlikda ayblanmoqda. Rashkchi er ustidan esa sud jarayoni boshlandi. Uni birdaniga uchta modda: «Qasddan birovning salomatligiga ziyon yetkazish», «Odam o‘g‘irlash», «Hayotiga suiqasd qilish» bo‘yicha ayblashmoqda.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar