“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:13
ЎЗO‘Z

Nur.kz yangiliklar sayti jurnalistini oʻldirganlikda gumon qilingan shaxs ushlandi

29 sen, 08:02 5 888 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nur.kz yangiliklar sayti jurnalistini oʻldirganlikda gumon qilingan shaxs ushlandi Qozogʻistonning nur.kz yangiliklar sayti jurnalisti Irina Beketovani oʻldirganlikda gumon qilingan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Qozogʻiston ichki ishlar vazirligi vakili Almas Sadubayev maʼlum qildi.

Avvalroq 37 yoshli jurnalist Ostonada oʻldirib ketilgani, qotillikda 34 yoshli erkak gumon qilinayotgani va uni ushlash boʻyicha choralar koʻrilayotgani maʼlum qilingandi. Ayolning jasadi doʻpposlanganlik alomatlari bilan uyi podyezdida aniqlangan.

“Gumonlanuvchi qarshilik koʻrsatmadi, qochishga urinmadi, politsiyachilar uni qoʻqqisdan ushlashgan”, deb qoʻshimcha qilgan Sadubayev.

Gumonlanuvchi Anatoliy Guseynov jurnalist bilan yaqin munosabatlarda boʻlgan, biroq rasman turmush qurmagan boʻlgan. Ularning ikki nafar umumiy farzandi boʻlgan. Taʼkidlanishicha, Guseynov Beketovani boshqa erkak bilan podyezdda uchratganda, rashk qilib ayolni oʻldirgan.

Marhumaning ortidan 4 nafar farzandi qolgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 237
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar