“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:16
ЎЗO‘Z

Il-20 halokati boʻyicha yangi maʼlumotlar taqdim etildi. Rossiya Isroilni rasman aybladi (video)

23 sen, 17:50 5 200 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Il-20 halokati boʻyicha yangi maʼlumotlar taqdim etildi. Rossiya Isroilni rasman aybladi (video) Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada harbiy razvedkachi Il-20 samolyoti halokatga uchrashida Isroil Harbiy-havo kuchlarini aybdor deb topdi. Bu haqda vazirlik rasmiysi Igor Konashenkov maʼlum qildi.

Mudofaa vazirligi tomonidan Isroil HHK Il-20 samolyoti halokatga uchrashida jinoiy harakatlar amalga oshirishda ayblangan.

“Rossiyaning Il-20 samolyoti bilan sodir boʻlgan fojia uchun masʼuliyat Isroil Harbiy-havo kuchlari zimmasida. Ular shunday harakatlanish boʻyicha qaror qabul qilishgan”, degan Konashenkov.

Uning soʻzlariga koʻra, F-16 samolyotlari orqali Suriyadagi obyektlarga hujum qilgan isroillik uchuvchilar Suriyaning zenit raketalaridan qochish uchun Rossiya samolyoti ortiga yashiringan.

Isroil HHK Rossiyani F-16 samolyotlari Suriya shimolida amaliyot oʻtkazgani haqida aytib, chalgʻitishga uringan. Konashenkovning tasdiqlashicha, aslida isroilliklar mamlakatning sharqiy qirgʻogʻida joylashgan, Il-20 samolyoti halokatga uchragan Lataqiya viloyatiga hujum qilgandi.

Uning aytishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi ixtiyorida Isroil HHK shtabi vakillari bilan muzokaralar audioyozuvi mavjud. Bu audioyozuvlar isroilliklarning aldaganini isbotlaydi.

«Muzokara rus tilida olib borilgan. Bizda audioyozuv mavjud.

Rossiyaning Il-20 samolyoti Oʻrta Yer dengizida, Suriyaning gʻarbiy qirgʻoqlaridan 35 kilometr masofada qulagan. Bu vaqtda Isroilning F-16 samolyotlari aynan Lataqiyadagi obyektlarga hujum qilgan. Isroil esa Rossiya Mudofaa vazirligiga oʻz samolyotlari Suriya shimolida harbiy amaliyot oʻtkazishini maʼlum qilgandi. Isroil bu haqda Il-20 qulashidan bir daqiqa oldin ogohlantirgan. F-16 samolyoti joylashgan nuqta koʻrsatilmagandi. Avval maʼlum qilinganidek, isroillik uchuvchilar Rossiya samolyoti ortiga yashirinib, samolyotni Suriyaning S-200 raketa majmuasi hujumiga duchor qilishgan. Natijada 15 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok boʻlgan.

Isroil samolyotlari hujumdan keyin Suriyaning gʻarbiy qirgʻoqlaridan 70 km masofada navbatchilik pozitsiyasini egallashgan. Samolyotlar navbatdagi zarbalarga tayyorlanayotgandek manyovrlar qilishgan. Soat 21:59da 4 samolyotdan biri navbatdagi hujum berishga yoʻl olgan qiyofasida qirgʻoq tomon harakatlangan. Bu samolyot Il-20 samolyotiga yaqinlashganida quyiga shoʻngʻigan. Samolyot manyovrlarini hujumga tayyorgarlik sifatida koʻrgan suriyalik harbiylar Isroil aviatsiyasi tomon raketa uchirgan va bu raketa Il-20 samolyotiga tekkan.

Taqdim etilgan obyektiv maʼlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, isroillik harbiy uchuvchilarning harakatlari 15 nafar rossiyalik harbiyning oʻlimiga olib keldi. Ularning harakatlari nafaqat noprofessionalizm, balki jinoiy masʼuliyatsizlikdir», degan Rossiya Mudofaa vazirligi vakili brifing chogʻida.

Минобороны опубликовало 3D-видео крушения Ил-20 в Сирииhttps://t.co/cLUR6GgdyH pic.twitter.com/Yxaq6fMB0i

— RT на русском (@RT_russian) September 23, 2018

Rossiyaning Il-20 samolyoti 17 sentyabr kuni Xmeymimdagi bazaga qaytish vaqtida qulab tushdi. Ichida 15 nafar rossiyalik harbiy boʻlgna bu samolyot Suriyaning nishonda adashib yoʻllangan raketasi tufayli halokatga uchragandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bu samolyot isroillik uchuvchilar tomonidan zarba ostiga qoʻyilganini maʼlum qildi. Isroil oʻz aybini inkor etib, barcha aybni Suriya armiyasining havo hujumidan mudofaa tizimi zimmasiga yukladi.

18 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Il-20 halokatini baxtsiz hodisa deb atadi va oʻz navbatida bu hodisani 2015 yil noyabrida Rossiyaning Su-24 samolyoti Turkiya tomonidan urib tushirilishi bilan tenglashtirmaslikka chaqirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar