“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:37
ЎЗO‘Z

Qirgʻiziston prezidenti soxta “qarindoshlarini” jazolashga vaʼda berdi

21 sen, 18:45 4 572 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirgʻiziston prezidenti soxta “qarindoshlarini” jazolashga vaʼda berdi Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 21 sentyabr kuni Kemin tumaniga qilgan amaliy tashrifi chogʻida Qirgʻizistonda oilaviy boshqaruvga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqida yana bir bor maʼlum qildi. U prezidentning nomidan foydalanib ish qilayotganlarni javobgarlikka tortish haqidagi oʻz topshirigʻi haqida gapirdi, deb yozmoqda Kun.uz.

“Jeenbekov Bakiyevga aylangani, uning qarindoshlari davlatni boshqarayotgani haqida atayin yolgʻon mish-mishlar tarqatilmoqda. Men hech kimni boshqaruvga yaqinlashtirmayapman. Agar bilib qolsam, qattiq choralar koʻraman. Bu haqda hamma biladi. Ammo hozirda mening «qarindoshlarim”, “doʻstlarim” koʻpayib ketgan. Goʻyoki mening qarindoshlarimdek oʻzini koʻrsatib, ishga joylashishmoqda. Men bunday holatlarda hibsga olish kerakligini aytdim. Men uchun sobiq prezidentlarning tajribasi katta saboqdir. Oʻgʻlim va qizim bor. Oʻgʻlim 4-sinfda oʻqiydi. U Maksim Bakiyevning yoshiga yetgunicha, men lavozimdan ketaman. Mening maqsadim - xalq orasida boʻlish va prezidentlik lavozimini tinchlik bilan topshirish», - dedi u.

Prezident bundan avval ham Qirgʻizistonda oila va tanish-bilishchilik boshqaruviga yoʻl qoʻyilmasligi haqida gapirgan.

“Biz butun dunyoga yana bir bor koʻrsatdikki, Qirgʻiziston xalqi adolat gʻoyalarini hurmat qiladi, hech qachon tiz choʻkmaydi va oila hamda tanish-bilishchilik boshqaruviga toqat qilmaydi, - dedi u. - Hokimiyatni egallab olish, xalq mol-mulkini oʻzlashtirish va odamlarni xor qilmoqchi boʻlganlarga munosib javob berildi”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar