“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:57
ЎЗO‘Z

Tafakkur qilaylik!

05 sen, 15:18 5 081 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tafakkur qilaylik! Alloh taoloning yaratgan maxluqlari haqida tafakkur qilish iymon nuri ziyoda boʻlishiga sabab boʻladi. Quyosh, Oy, yulduzlar, sayyoralar, suv, togʻ, havo, oʻsimliklar, hayvonlar va boshqa maxluqotlar toʻgʻrisida fikr yuritish, Alloh taolo ularning barchasini hikmat bilan yaratganini oʻylash kishining iymon nuri ziyoda boʻlishiga sababdir. Ana shunday tafakkurga undovchi narsalardan biri osmon jismi boʻlgan tumanliklardir. Tumanliklar — yulduz toʻdalari yoki butun yulduz sistemalari (galaktikalar)dan, shuningdek, gaz va changdan tashkil topgan bulutlardir. Tumanliklar haqida yanada aniqroq tasavvurga ega boʻlish uchun bitta tumanlikni koʻrib chiqsak.

Ushbu suratda “Chumoli” nomli tumanlik aks etgan boʻlib, u sayyoralar tumanligi hisoblanadi. Bu tumanlik Quyosh tizimidan 8 ming yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. (Maʼlumki, yorugʻlik bir soniyada 300 ming kilometr masofa bosadi. Yorugʻlik yili deyilganda, shu yorugʻlikning bir yil davomida bosib oʻtgan masofasi tushuniladi). Ushbu tumanlik koʻrinishidan chumolining boshi va beliga oʻxshab ketgani uchun unga “Chumoli” nomi berilgan.

Yana bir jihati shundaki, ushbu tumanlik soniyasiga 50 kilometrga yaqin tezlikda kengayib bormoqda.

Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday degan:

“Osmonni Oʻz qudratimiz ila bino qildik. Albatta, Biz keng qiluvchimiz”. (“Zariyat” surasi, 47-oyat).

Alloh taolo barchamizga yaratgan maxluqotlari haqida toʻgʻri tafakkur qilib, iymonimiz nuri ziyoda boʻlishini nasib etsin!
Nozimjon Iminjonov tayyorladi

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 0
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 0
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar