“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 04:48
ЎЗO‘Z

Bomjga atalgan pullar… (yoxud amerikalik erkak va ayolning qisqa fursatda boyib ketish usuli)

27 avg, 11:27 5 393 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bomjga atalgan pullar… (yoxud amerikalik erkak va ayolning qisqa fursatda boyib ketish usuli) 2017 yil noyabr oyida uysiz, umuman hech narsasiz qolib ketgan amerikalik Jonni Bobbit yoʻlda benzini tugab qolib ketgan mashina egasiga yordam qoʻlini choʻzdi. Choʻntagidagi oxirgi 20 dollar puliga benzin olib berdi. Mashina egasi Keyt Makklyur ismli ayol edi. U uysiz erkakning yordamidan mamnun boʻlib, tashakkurini boshqacharoq yoʻl bilan izhor etishni xohladi. Yaʼni, gazetalarga eʼlon berib, uysiz Bobbitga moddiy jihatdan koʻmak berishlarini soʻradi. Ayol bu ishni Mark DʻAmiko ismli yigit bilan birga amalga oshirdi. Oldiniga ular bu erkakka 10 ming dollar pul yigʻib berishni moʻljallashgandi. Qarashdiki, bir oy oʻtmay, hisob raqamidagi pullar miqdori 300 ming dollardan oshib ketdi. Sal oʻtib bu pullar 400 ming dollarga aylandi. Ana shunda ayol va erkakni shayton yoʻldan urdi. Pullarni Bobbitga bermaslikka qaror qilishdi. Buning uchun bahona ham topila qoldi. Emishki, Bobbit narkoman, bor pulini narkotiklar sotib olishga sarflarmish. Qachon bu odatini tashlasa, pullarni oʻshanda olarmish…

Shubhasiz, pul shirin tuyulganini ahmoq ham anglab yeta oladi. Bobbitning tan olib aytishicha, bu juftlik uni qandaydir gʻildirakli vagonchaga oʻxshash uychaga joylashtirgandi. Sal oʻtmay, uychaning ballonlari toʻkilib tushdi.

— Men sababini bilaman, — dedi Bobbit jurnalistlarga. — Juftlik menga atalgan pullarni hashamatli mashina sotib olish, manaman degan kurortlarda dam olish uchun sarflagan…

Xullas, uysiz Bobbit hanuz koʻchada yashamoqda. Juftlik esa uni koʻrishni ham xohlamayapti. Toʻppa-toʻgʻri. Xohlamaydi ham. Har holda amerikaliklar uchun ham 400 ming dollar katta pul-da!
Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 94
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 263
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 574
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 493
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar