“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 23:09
ЎЗO‘Z

Milliarderlar yashash uchun mamlakatlarni qanday omillar bo‘yicha tanlashini bilasizmi?

28 iyul, 19:14 3 847 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Milliarderlar yashash uchun mamlakatlarni qanday omillar bo‘yicha tanlashini bilasizmi? Yashash uchun mamlakatni tanlashda juda boy tadbirkorlar birinchi navbatda past soliqlarga emas, balki yuqori darajadagi xavfsizlik, past korrupsiya va tengsizlikka e’tibor qaratadi. Regressiv tahlildan foydalangan holda modellashtirish jarayonida olingan bunday taxminlar Rossiya Fanlar akademiyasining Markaziy iqtisodiyot va matematika instituti bosh ilmiy xodimi Vladimir Popovning ishida mavjud.

O‘z ishlarida Popov Forbes milliarderlar global reytingi, ko‘rib chiqilayotgan mamlakatlardagi YaIM hajmi, Butunjahon baxt reytingi, daromadlarni taqsimlash, shuningdek, qotilliklar darajasiga tayangan.

Agar soliqlar stavkasi va superboylarning soni o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, unda unchalik muhim emas, deya ta’kidlaydi Popov. Hayot xavfsizligi va sifati muhimroq o‘rin tutadi, bu ko‘rsatkichlar katta soliqlarga ega mamlakatlarda yuqori. Popovning ta’kidlashicha, boylik qonunchilikdagi bo‘shliqlar tufayli mijozlar uchun past yoki nol soliq stavkalarini ta’minlab berishi mumkin bo‘lgan mutaxassislarni yollash imkonini beradi.

Milliarderlar past yoki nol stavkadagi soliqqa ega mamlakatlar fuqaroligini olishga tayyor ekanligi mantiqan to‘g‘ri, deb yozadi iqtisodchi. Bu, masalan, Gernsi, Gonkong, Monako va Lixtenshteyn kabi soliqlar bo‘yicha juda ajoyib davlatlarda kuzatiladi. Biroq, past yoki nol soliq stavkasi bo‘lgan Bahrayn, Kuvayt, Ummon, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarida milliarderlar soni, stavka darajasi bo‘yicha yetakchi-davlatlar - Daniya, Germaniya, Irlandiya, va Shvetsiyadan ancha kamdir.

Popovning yana bir xulosasiga ko‘ra, milliarderlar daromadlardagi tengsizlik darajasi past bo‘lgan davlatlarni afzal ko‘radi. Daromadlar piramidasining yuqori qismida tengsizlikni oshiruvchi milliarderlarning mavjudligi, Jini koeffitsiyenti asosida uy xo‘jaligi namunalari bo‘yicha o‘lchangan daromadlardagi umumiy tengsizlikni oshirmaydi.

Regression tahlillar shuni ko‘rsatadiki, milliarderlar eng baxtli mamlakatlarga - hayot sifati yuqori bo‘lgan joylarga intiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan Butunjahon baxt reytingining yuqori qismida so‘nggi yillarda Skandinaviya mamlakatlari (Daniya, Norvegiya va Shvetsiya), shuningdek, Finlyandiya, Islandiya, Niderlandiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Isroil mavjud. Reyting pastida - Burundi, Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Tanzaniya, Yaman, Ruanda, Suriya, Liberiya, Gaiti, Malavi, Botsvana va Afg‘oniston.

Popovning so‘zlariga qaraganda, Gernsi, Lixtenshtey va Monako kabi kichik davlatlarda baxt darajasi baholanmaydi, biroq baxt darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan 150dan ortiq mamlakat misolida baxt darajasi va milliarderlarning soni o‘rtasida bog‘liqlik bor. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, milliarderlar hayot davomiyligi yuqori, korrupsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlarni tanlaydilar.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 38
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 0
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 0
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 2
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 22
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 38
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 98
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Bo‘limlar