“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:00
ЎЗO‘Z

Donald Tramp Tereza Meyni tanqid qilish bilan Londonga tashrifini boshladi

13 iyul, 20:46 4 028 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Donald Tramp Tereza Meyni tanqid qilish bilan Londonga tashrifini boshladi Payshanba kuni Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi boshlanganidan keyin,uning sharafiga tantanali qabul marosmi uyushtirilganidan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniyaning Sun tabloidiga intervyu berdi, deb yozadi Tnews.uz.

Intervyuda u mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bilan bog‘liq ayrim muhim qarorlarini tanqid qildi.

Prezident Trampning aytishicha, bosh vazir Tereza Mey Brekzit bo‘yicha muzokoralarda uning maslahatlariga amal qilmagan. «U boshqa yo‘lni tanladi. Bu juda ham muvaffaqiyatli deya ayta olmayman. Biroq Mey o‘zi uchun boshqa biror bir muqobillikni ko‘rmagan», -dedi Tramp.

Trampning fikricha, Mey tanlagan Breksit bo‘yicha «yumshoq» variant Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli iqtisodiy aloqalarni saqlab qolishni ko‘zda tutadi va keyinchalik Amerika-Britaniya savdosi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tramp bu borada Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hozirgi savdo baxslarini nazarda tutdi, bu bahslar Britaniya YeIda faoligini saqlab qolgudek bo‘lsa unga ham ta’sir qilishi mumkin.

Tramp shuningdek, London meri, Pokistonlik muhojirning o‘g‘li bo‘lmish Sadiq Xon faoliyatiga ham salbiy baho berdi, uning aytishicha, «mer terrorizm tahdidiga qarshi yetarlicha tura olmagan». O‘zining tashrifiga poytaxtda bo‘lib o‘tayotgan noroziliklarga munosabat bildirgan Amerika prezidenti bayonot berib: «Menga avvallari London juda yoqardi, endi esa bu shaharga borish sabablarini ko‘rmayman» dedi.

Kuni kecha bosh vazir bilan Brekzit bo‘yicha fikrlari qarama qarshi bo‘lgani bois iste’foga chiqqan tashqi ishlar vaziri Boris Jonson haqida gapirgan Tramp “bu siyosatchi mamlakatga ajoyib rahbar bo‘lishi uchun barcha xislatlarga ega” ekanligiga ishonch bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar