“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:45
ЎЗO‘Z

Amerikalik 3 yashar bola havo issiq kunda avtomobil ichida qolib vafot etdi…

12 iyul, 11:57 3 856 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikalik 3 yashar bola havo issiq kunda avtomobil ichida qolib vafot etdi… Fojia Amerikaning Tennessi shtatiga qarashli Suituoter shaharchasida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Anita Gibson ismli ayol qo‘shninikida o‘t o‘rayotgandi. Nevaralari uning qaramog‘ida qolgani sababli vaqtincha qarab turish uchun 15 yoshli nevarasiga ukalarini ishonib topshirgandi.

Bir mahal uyiga qaytsa, nevaralar yo‘q. Darvoza lang ochiq. Jonholatda hovli chetidagi «Honda Accord» avtomobili tomon chopdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, 3 yashar kenja o‘g‘il nevarasi mashina ichiga qamalib qolgan, allaqachon issiq eltib hushini yo‘qotgan ekan.

Ayol nevarasini hushiga keltirishga urindi. Ammo uddasidan chiqa olmadi. Darrov «Tez yordam»ga qo‘ng‘iroq qildi. Baxtga qarshi vrachlar bolaning hayotini saqlab qola olishmadi. U issiqdan bo‘g‘ilib bo‘lgan ekan.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, o‘sha kuni shtatda havo harorati +30 darajagacha ko‘tarilgan.

Hozircha ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilmadi. Tergovchilar, politsiya xodimlari qo‘shnilarni so‘roq qilishmoqda.

Hisob-kitoblar ko‘rsatdiki, shuning bilan Amerikada 2018 yil avvalidan to shu kunga qadar 23 nafar bola avtomobilga qamalib, issiqdan bo‘g‘ilish oqibatida jon taslim qilibdi. Oxirgi marta jurnalistlar Texas shtatida 9 oylik qiz chaqaloq avtomobil salonida qolib ketish natijasida issiqqa bardosh bera olmay vafot etgani haqida yozishgandi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar