Bristol universiteti talabalari 60 yoshli farrosh uchun qariyb 2 ming dollar yig‘ib berishdi, deya xabar qilmoqda Darakchi.uz nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, farrosh German Gordon o‘zining oila a’zolari qolgan vatani Yamaykaga 15 yildan beri bormagan ekan. Bundan xabar topgan talabalar 5 kun ichida yo‘lga va mayda-chuydalar uchun yetadigan mablag‘ni yig‘ib berishdi. Negaki Gordon talabalarni eng qiyin vaziyatlarda ham kulib turishga undab kelgan.
Talabalarning mehribonchiligidan esa Gordon quvonch ko‘zyoshlarini tiyib turolmadi.