“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:43
ЎЗO‘Z

Turkmaniston prezidenti oti Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi (foto)

30 iyun, 23:57 8 116 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkmaniston prezidenti oti Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi (foto) Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga tegishli axaltekin zotidagi ot orqa oyoqlarining o‘zida 10 metrni 4,19 soniyada bosib o‘ta oldi. Ushbu natija Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda “Turkmaniston bugun” axborot agentligi ma’lum qilgan.

Rekord natija Turkmaniston davlat sirki arenasida Ginnes rekordlar kitobining hakami va rasmiy vakili ko‘z o‘ngida o‘rnatilgan.

Foto: hronikatm.com
Oqxon laqabli ot ikki yil avval o‘zi o‘rnatgan rekordni yangilagan. Otning rekord natijasi Berdimuhamedovning tug‘ilgan kuni – 29 iyunda o‘rnatilgan.

Ta’kidlanishicha, otni Berdimuhamedovning shaxsan o‘zi mashq qildiradi.

Oxirgi oyda Turkmaniston nomi ikkinchi bor Ginnes rekordlar kitobiga kiritilmoqda. Iyun boshida ushbu davlatda velosport bo‘yicha eng ommaviy dars qayd qilingandi. Unda 3246 kishi ishtirok etgan.

Umuman olganda Ginnes rekordlar kitobiga Turkmaniston bilan bog‘liq bir nechta natijalar kiritilgan. Ular orasida Olimpiya stadionida o‘rnatilgan ot boshining ulkan haykali, Olimpiya shaharchasidagi suv sporti markazi, eng katta o‘tov, eng katta yulduzga ega telemarkaz, dunyodagi eng katta yopiq tomosha g‘ildiragi va boshqalar bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 16
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 7
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar