“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:04
ЎЗO‘Z

Dunyoning "eng badavlat oilalar"i reytingi ma’lum qilindi

28 iyun, 10:55 5 826 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoning "eng badavlat oilalar"i reytingi ma’lum qilindi Bloomberg agentligi Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlari asosida dunyoning eng boy oilalari reytingini tuzdi.

Ta’kidlanishicha, dunyoning eng boy 25 oilasining umumiy boyligi 1,1 trln dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.

Reytingda 1-o‘rinni Walmart do‘konlari tarmog‘iga egalik qiluvchi Uolton oilasi egallagan. Bu oilaning boyligi 151 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

2-o‘rinni Kox oilasi egallagan. Koch Industries kompaniyasi asoschisi Fred Koxning o‘g‘illari Charlz va Devid umumiy hisobda 99 mlrd dollarga egalik qiladi.

“Mars” kompaniyasi asoschisi Frenk Mars merosxo‘rlari 88 mlrd dollarga ega.

Reytingning 4-o‘rnini dunyoda pivo ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya hisoblangan Anheuser-Busch InBev’ga egalik qiluvchi uchta oila egallagan. Bu oilalarning umumiy boyligi 54 mlrd dollarga baholangan.

Eng boy oilalar beshtaligini Hermes modalar uyi asoschisi Tyerri Ermesning merosxo‘rlari yakunlamoqda. Ular umumiy hisobda 49 mlrd dollarga egalar.

Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek, Chanel egalari Alen va Jerard Vertxaymer, Reliance Industries sanoat guruhi egalari Ambani oilasi, BMW’ga egalik qiluvchi Kvandt oilasi, Cargill Inc. korporatsiyasiga egalik qiluvchi Kargill oilasi va Boehringer Ingelheim farmatsevtik kompaniyasi egalari joy olgan.

Bloomberg’ning ta’kidlashicha, reytingga merosi kamida bir marta avloddan avloddga o‘tgan oilalar kiritilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 184
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 232
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar