“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:51
ЎЗO‘Z

Jonni Depp 650 million dollar boyligini qanday qilib yo‘qotganini aytdi?

25 iyun, 11:57 4 293 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jonni Depp 650 million dollar boyligini qanday qilib yo‘qotganini aytdi? Rolling Stone jurnali xodimi Stiven Rodrik taniqli Gollivud aktyori Jonni Depp bilan bir necha kun bo‘lib, uning advokati bilan aktyordagi moliyaviy va shaxsiy muammolarni muhokama qildi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Jurnalist 54 yoshli aktyorning Londondagi uyida intervyu oldi. Intervyu 72 soat davom etdi.

Rodrikning aniqlashicha, o‘z faoliyati davomida aktyor 650 million dollar ishlagan. Hozir esa uning boyligidan deyarli hech narsa qolmagan. O‘tgan yili Depp 1999 yildan buyon uning moliyaviy ishlarini yuritgan The Management Group (TMG) kompaniyasini sudga bergan.

Deppning fikricha, kompaniya uning boyligini o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Bundan tashqari, aktyorga aytmasdan uning singlisi Kristiga 7 million dollar berib yuborishgan.

Aktyorning so‘zlariga qaraganda, TMG ishlarning borishidan boxabar qilib turmagan. U o‘zi imzo chekadigan hujjatlarni ko‘pincha o‘qimaganini tan olib, kompaniya xodimlari uning mablag‘ini shu yo‘l bilan o‘zlashtirganini taxmin qildi.

TMG ma’lumotiga ko‘ra, Depp 75 million dollarga uylar, 70 ta gitara, 200 ta san’at asari, 45 ta avtomobil sotib olgan. Bundan tashqari, u «Kardashyan oilasi» shousidan 7 ming dollarga divan xarid qilgan, har oy parvozlarga 200 ming dollardan, doktorga 1,2 million dollardan, qo‘riqlash xizmatiga 1,8 million dollardan sarflagan.

Ayni paytda aktyor ko‘p pul ishlatishni yoqtirishini tan oldi. Jumladan, u, kompaniya hujjatlarida ko‘rsatilganiday, 30 mingga vino olmagan, balki ko‘proq sarflagan.

«Vinoga oyiga 30 ming dollar sarflagan deyish meni haqorat qilishdir, — dedi aktyor. — Men ancha ko‘p sarflardim».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 176
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 322
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar