“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 03:49
ЎЗO‘Z

Olimlar o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa o‘rnatish uchun ularga musiqiy treklar jo‘natishdi

17 iyun, 18:30 4 255 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa o‘rnatish uchun ularga musiqiy treklar jo‘natishdi Sonar Music Festival Kataloniya koinot tadqiqotlari instituti va METI International bilan birgalikda o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa o‘rnatish niyatida koinotga 35 ta 10 soniyali elektron musiqa EDM (Electronic dance music) kompozitsiyasini yubordi.

Olimlar bu treklar GJ 237 yulduzigacha yetib borishiga umid qilishmoqda. Treklar koinotda uzoq vaqt davom etadigan “sayr” vaqtida yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun ular ikkilik sanoq tizimidagi kodda yuborilgan.

GJ 237 yulduzi sayyoralaridan biri o‘z quyoshidan hayot mavjud bo‘lishi uchun yetarlicha uzoq masofada joylashgan. Treklar bosib o‘tadigan olis masofa hisobga olinsa, ular belgilangan manzilga 2030 yildan keyin yetib boradi. Agar Yerga javob signali jo‘natilsa, unda u 2042 yildan keyin olinishi taxmin qilinmoqda. Musiqa orasiga insoniyat erishgan ba’zi yutuqlarni ko‘rsatish uchun matematika va umuman fan haqida ma’lumot kiritilgan.

O‘tgan yil noyabrda ham olimlar bu yulduz tomon xabar jo‘natishgandi. Norvegiyadagi antenna yordamida olis yulduz tomon soat, vaqtni o‘lchash, hisob yuritish, geometriya va insoniyat tomonidan yaratilgan boshqa konsepsiyalar haqida ma’lumot jo‘natilgan. Olimlar bu ma’lumotlarni tushuna oladigan ongli mavjudotlar topishga umid qilishmoqda. Ular bunga o‘zlari ham uncha ishonmasalarda, javob signalini 25 yildan keyin olish umididalar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 67
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 60
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 65
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar