“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 16:33
ЎЗO‘Z

Nazarboyev ShHT mamlakatlariga milliy valyutada hisoblashishga o‘tishni taklif qildi

10 iyun, 19:08 3 477 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nazarboyev ShHT mamlakatlariga milliy valyutada hisoblashishga o‘tishni taklif qildi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutada yuritishga o‘tish vazifasini amalga oshirishlari kerak, zero shu tariqa ularning iqtisodiy xavfsizlik darajasi oshadi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ShHT sammiti doirasida shunday bayonot bilan chiqdi.

"Dunyoda jahon valyutalari savati diversifikatsiyasi, valyuta qaramligi va kriptovalyutalarning paydo bo‘lish xavfini kamaytirish haqida ko‘p gapirilmoqda. Shu munosabat bilan biz ShHTning barcha mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshirishga o‘tishiga davlatlarimiz iqtisodiyoti xavfsizlik mezonlaridan biri sifatida qarashimiz kerak", - dedi Nazarboyev yakshanba kuni ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlarining 18-yig‘ilishida.

Qozog‘iston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, tashkilotga a’zo davlatlarning markaziy banklari tegishli yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga kirishishi kerak.

"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda ikki tomonlama darajadan ko‘p tomonlama darajaga o‘tishni ta’minlash muhim. Biz tashkilot doirasida loyihalarni moliyalashtirish va texnologik resurslarni mobillashtirishga doir qo‘shma mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish tarafdorimiz", - deya ta’kidladi prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 127
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 217
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 126
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 92
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 217
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar