“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:03
ЎЗO‘Z

Tramp advokati: "Kim Chen In Trampdan uchrashuv o‘tkazishga ko‘nishni yolvorib so‘ragan"

07 iyun, 09:50 3 769 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp advokati: "Kim Chen In Trampdan uchrashuv o‘tkazishga ko‘nishni yolvorib so‘ragan" AQSh prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Julianining ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Donald Trampdan o‘zaro uchrashuvga ko‘nishni yolvorib so‘ragan. Bu haqda The Wall Street Journal nashrida chop etilgan maqolada so‘zlangan.

Nashr Julianining Isroildagi nutqidan parcha keltirgan. Julianining nutqida aytishicha, Tramp Pxenyanning tahdidlari sababli Kim Chen In bilan uchrashuv bo‘lmasligi mumkinligini e’lon qilgan. “Ular biz bilan yadroviy urush boshlashlari, bizni unda mag‘lub etishlarini aytishgan. Biz esa bunday sharoitda uchrashuv bo‘lmasligini aytganmiz”, deb aytgan Tramp advokati.

Julianining ta’kidlashicha, shundan keyin Shimoliy Koreya yetakchisi AQSh tomonidan Tramp bilan uchrashuvni bekor qilmaslikni “tiz cho‘kib yolvorib so‘ragan”. U qo‘shimcha qilganidek, “Kim Chen Inni aynan shunday holatga qo‘yish kerak”.

Bundan tashqari, Juliani “Xuddi shunday yo‘l Falastin ma’muriyati bilan ham tutilishi kerak. Ular tinchlikka intilishlari lozim. Sizlar ularga ham bosim o‘tkazishingiz lozim”, deb aytgan.

Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvini dastlab Singapurda 12 iyunda tashkil etish rejalashtirilgan. Biroq may oxirida Tramp Kim Chen Inga maktub jo‘natib, uchrashuv Pxenyanning “dushmanona bayonotlari” sababli bo‘lib o‘tmasligi mumkinligini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar