“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:16
ЎЗO‘Z

Afg‘onistonda topilgan sovet uchuvchisining qizi: Onam otamni 30 yil kutdi

02 iyun, 16:56 6 152 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Afg‘onistonda topilgan sovet uchuvchisining qizi: Onam otamni 30 yil kutdi Avvalroq Afg‘onistonda sobiq ittifoq qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan 30 yil o‘tib sovet uchuvchisi topilgani ma’lum qilingandi. Uchuvchi raqib kuchlari tomonidan urib tushirilgan va bedarak yo‘qolgan deb hisoblab kelingan. Aniqlanishicha, uchuvchining ismi Sergey Pantelyuk bo‘lib, uning qizi Larisa Pantelyuk o‘z oilasi haqida so‘zlab berdi. Batayskda yashovchi 31 yoshli Larisaning aytishicha, u hech qachon otasini ko‘rmagan: otasi Larisaning onasi unga homiladorlikning 7-oyida bo‘lganda Afg‘onistonga xizmat qilgani ketgan.

Larisa dunyoga kelgandan 4 oy o‘tib katta leytenant Pantelyuk Afg‘onistonning Qo‘narida urib tushirilgan. Barcha sa’y-harakatlarga qaramay, o‘shanda uchuvchi topilmagan.

“Onam otam Afg‘onistonda yo‘qolib qolganini eshitgach, sochlariga bir kechaning o‘zida oq tushib ketgan. Onam boshqa erga tegmagan va otamni kelishini kutgan”, deb aytgan Larisa.

Uning aytishicha, onasi unga otasi haqida 16 yoshga to‘lgandagina bor haqiqatni aytib bergan.

Larisaning ta’kidlashicha, Rostov viloyatida uning otasiga bag‘ishlangan uchta yodgorlik, Afg‘onistonda esa yana bir yodgorlik bor.

Avvalroq Rossiya desantchilari ittifoqi rahbari Valeriy Vostrotin Afg‘onistonda 1987 yilda yo‘qolib qolgan uchuvchi tirik ekanini ma’lum qilgan. Vostrotin uchuvchining ismini oshkor qilmagan. Keyinroq “Kommersant” nashri 30 yildan keyin topilgan harbiyning nomi Sergey Pantelyuk ekanini ma’lum qilgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar