“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:50
ЎЗO‘Z

Makron bolani qutqargan muhojirga Fransiya fuqaroligini taqdim etdi

29 мая, 08:03 4 113 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Makron bolani qutqargan muhojirga Fransiya fuqaroligini taqdim etdi Ko‘p qavatli uyning balkonida osilib qolgan bolani qutqargan, Parijda hujjatsiz yashab kelgan malilik muhojir Mamudu Gassama yong‘in xavfsizligi xizmatiga ishga kiradi va unga Fransiya fuqaroligi beriladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida muhojir yigit bilan uchrashganidan so‘ng Twitter sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda «Daryo».

Makron qahramonlik ko‘rsatgan yigitni Parij yong‘in xavfsizligi va qutqarish xizmatlari o‘z safiga qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. «Men unga naturalizatsiyaga (fuqarolik olishga) hujjat topshirishni taklif qildim. Zero, Fransiya — bu iroda, janob Gassama esa o‘zining irodali ekanini isbotladi!»​ — dedi prezident.

Mamudu Gassama Parijda hech qanday hujjatlarsiz yashab kelgan. Sodir etgan qahramonligidan keyin Fransiyada Gassamaga fuqarolik berish haqida onlayn-petitsiya e’lon qilingan.

France 24 kanalining ma’lum qilishicha, balkonda osilib qolgan bolani qarovsiz qoldirgan ota-onaga nisbatan ish ochilgan. Ular 2 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi yoki 30 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Tergov ishlari yakuniga yetgunga qadar bola davlat qaramog‘ida bo‘ladi.

Avvalroq Gassamaning bolani qutqargani aks etgan video e’lon qilingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 15
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar