“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 06:48
ЎЗO‘Z

Nazarbayev sohta yangiliklar haqida, qizi esa internet-trollar haqida gapirdi

24 мая, 15:00 4 520 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nazarbayev sohta yangiliklar haqida, qizi esa internet-trollar haqida gapirdi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaotada Yevroosiyo mediaforum ishtirokchilariga murojaat bilan chiqar ekan, jurnalistika ma’suliyati, ijtimoiy tarmoqlar va soxta yangiliklar haqida fikr bildirdi. Nazarboyevning murojaatini Qozog‘iston Axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev o‘qib berdi.

Murojaatda auditoriya “mustaqil blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar orqali muqobil axborot olishni afzal ko‘rayotgan bir vaqtda” “klassik jurnalistika uchun ishonch inqirozi jiddiy chaqiriq” ekanligi haqida aytilar ekan”, Nazarboyev: «ananaviy OAVning raqobatdagi ustunligi hamisha profesionalizm va kontentning sifatiga asoslangan bo‘lishini” aytdi.

“Faqat to‘g‘ri va ishonchli axborot va soxta yangiliklarni tekshirish auditorini jalb qilishni ta’minlaydi, ishonchli axborot manbai sifatida OAV obro‘sini mustaxkamlaydi. Buning uchun ochiq axborot olish kanallarini rivojlantirish kerak va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yo‘lida hamkorlikning muhim talabi bo‘lmish muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish lozim”, — deyiladi vazir o‘qib bergan Nazarboyev murojaatida.

Nazarboyev so‘nggi bir necha haftada matbuot faoliyati yuzasidan bir necha bor o‘z fikrlarini bildirdi. 28 aprel kuni Olmaotada Qozog‘iston xalqlari Assambleyasi sessiyasida “kamchiliklarni bartaraf etishga” tayyor bo‘lganlar haqida gapirdi. O‘tgan haftada Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Nazarboyev bayonot berib, OAV “pashshadan fil yasashi kerak emas”ligini aytdi.

Qozog‘iston prezidentining qizi, Yevroosiyo mediaforumi tashkiliy qo‘mitasi raisi Darig‘a Nazarboyeva anjuman ochilishida Internet va texnologiyalar taraqqiyoti haqida gapirar ekan “internet-trollar” borasida fikr bildirdi.

“Internet olamiga kirishning soddalashtiriluvi nafaqat o‘z fikrini bildirishni istovchi iste’dodlilar uchun, balki avantyurist, jinoyatchi va barcha turdagi targ‘ibotchilar uchun ham kirish imkoniyatini yaratib berdi…” — deya bayonot berdi Nazarboyeva. “Axborot urushida ko‘rinmas jangchilar bo‘lmish trollarning paydo bo‘lishi, shuningdek soxta yangiliklar yaratuvchilar haqiqiy fojea bo‘ldi. Bu fonda tabloidlar o‘zlarini yaxshi tutishi ko‘zga tashlanadi”, — dedi Nazarboyeva.

Manba: Tnews.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 353
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 185
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 72
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 328
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar