“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:20
ЎЗO‘Z

Kubada «Boeing 737» yo‘lovchi tashuvchi samolyot qulab tushdi

19 мая, 12:56 4 314 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kubada «Boeing 737» yo‘lovchi tashuvchi samolyot qulab tushdi So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Kubaning Xose Marti nomidagi xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan «Boying-737» yo‘lovchi tashuvchi samolyot oradan ikki-uch daqiqa o‘tar-o‘tmas, o‘rmonga qulab tushgan. Samolyot bortida ekipaj bilan qo‘shib hisoblaganda, 110 kishi bo‘lgan. Shularning atigi uch nafarigina tirik qoldi. Ammo bir kishi kasalxonada vafot etdi. Tirik qolgan ikki yo‘lovchi ham o‘ta og‘ir ahvolda deya baholandi. Samolyot bortidagi yo‘lovchilarning barchasi xorij mamlakatlar fuqarolari ekani ta’kidlab o‘tildi.

Aytishlaricha, qulab tushgan Boing Meksikaga tegishli bo‘lgan. U qulab tushgandanoq kuchli yong‘in yuzaga kelgan. Fojia yuz bergan joyga tez fursatda qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar brigadalari, politsiyachi va tibbiyot vakillari yetib kelishgan.

Kuba hukumati samolyot qulab tushish hodisasini rasman tan oldi. Bu yerda Kuba davlat va vazirlar kengashi raisi Migel Dias-Kanel hozir bo‘ldi.

Ayni paytda dunyodagi ko‘plab mamlakatlar rahbarlari Kuba xalqiga ta’ziya izhor etib, har qanday turdagi yordamga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar