“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 01:11
ЎЗO‘Z

Emomali Rahmon terrorchilikka qarshi kurashda “ikkiyoqlama standartlar” siyosatidan uzoqlashishga chaqirdi

07 мая, 01:47 3 719 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Emomali Rahmon terrorchilikka qarshi kurashda “ikkiyoqlama standartlar” siyosatidan uzoqlashishga chaqirdi «Terrorchi va ekstremistning na vatani, na millati, na dini bor. Terrorchi, bu terrorchi, u hech qachon “o‘zimizniki” yoki “begona”, “mo‘’tadil” yoki “mo‘’tadil emas” bo‘lishi mumkin emas, dedi Tojikiston rahbari, 4 may kuni, “Terrorchilik va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash” mavzusidagi xalqaro anjumanni ochish paytida.

«Terrorchilik va ekstremizm na chegaralarni, na davlatni tan oladi, shuning uchun bugungi kunimizda terrorchilik va ekstremistik guruhlar radikal diniy, millatchi va boshqa jinoiy hamjamiyatlar bilan chatishib ketib, dushmanlik va zo‘ravonlikni, diniy, konfessional, etnik xunrezliklar va nizolarni, hatto sivilizatsiyalarning qarama-qarshiligini keltirib chiqaradi”, — deb prezidentning so‘zlarini keltiradi, uning matbuot xizmati.

Emomali Rahmon jahon hamjamiyatida haligacha “terrorchilik” va “ekstremizm” tushunchalariga yagona yondashuv yo‘qligini afsus bilan ta’kidladi. «Bizning nazarimizda, terrorchilik va ekstremizmga, shuningdek, zo‘ravon diniy radikalizmga qarshi samarali kurash “ikkiyoqlama standartlar” siyosati bilan hech qachon kelisha olmaydi», dedi u. Tojik prezidentining so‘zlariga qaraganda, bunday yondashuv samarasiz bo‘lib, «ko‘rsatilgan xavfli tahdidlarning geografiyasini oldindan aytib bo‘lmaydigan shakllar va uslublarda kengaytirishga ko‘maklashadi».

Tojikiston rahbari terrorchilar va ekstremistlar Islom nomini niqob qilib olib, islomofobiya va musulmonlarga nafratni olovlantirishga ko‘maklashadi. E’tiqod qiluvchilari yer sharining bir yarim millarddan ortiq aholisini tashkil qiladigan va zamonaviy dunyo taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shib kelayotgan Islomga dog‘ tushirish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb ogohlantiradi Emomali Rahmon.

“Terrorchilik va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash” xalqaro konferensiyasi BMT, YeXHT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida Tojikiston hukumati tomonidan tashkil qilindi. Uning ishida dunyoning 46 mamlakatidan 400 dan ortiq ishtirokchlar hamda 30 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari qatnashayapti, deb xabar bermoqda TR TIV.

Manba: Tnews.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • Bo‘limlar