“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:51
ЎЗO‘Z

“Ajdarho” yo‘li: 8 yoshli yapon ikkinchi Bryus Li bo‘lmoqchi (foto, video)

27 apr, 21:25 7 838 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Ajdarho” yo‘li: 8 yoshli yapon ikkinchi Bryus Li bo‘lmoqchi (foto, video) Ryusei “Ryudzi” Imai — Bryus Lining Yaponiyada yashovchi 8 yoshli ashaddiy muxlisi. Bola yosh bo‘lishiga qaramay, kuniga 4 soatdan ko‘proq mashq qiladi, sevimli sportchi va aktyoriga taqlid qiladi, uning mushaklariga esa hatto katta yoshlilar ham havas qilishi mumkin.

Bola haqida birinchi bo‘lib uch yil avval gapira boshlashdi, o‘shanda ijtimoiy tarmoqlarda kichik Ryudzi Bryus Lining “O‘lim o‘yini” filmidagi xatti-harakatlarini ko‘rsatib bergan video tarqalgan edi. Foydalanuvchilar kichik bolaning nunchaklarni kumiri kabi mahorat bilan o‘ynatishini ko‘rib ajablanishgan edi. “Kichik Bryus Li” haqida OAVda yoza boshlashdi, uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga esa minglab foydalanuvchilar yozila boshlashdi.

Shunday bo‘lsa-da, kutilmaganda kelgan mashhurlik bolani esankiratib qo‘ymadi. U jismoniy mashqlarni tashlab qo‘ymadi va sevimli aktyoriga taqlid qilishda davom etmoqda. Ryudzining otasi aytishicha, u har kuni soat 6:00 da uyqudan turib, maktabga ketishdan avval 1 yarim soat mashqlarga vaqt ajratadi. Maktabdan keyin bir soatcha yuguradi, keyin ikki soat davomida nunchaklar bilan mashq qiladi. Natijada kuniga 4 yarim soat vaqtini jismoniy mashqlarga bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, otasi boshchiligida Ryudzi Bryus Li o‘ylab topgan Jit Kun-Do (“ilgarilovchi musht yo‘li”) texnikasini o‘rganmoqda.

Foto: Instagram /ryuseiimai0416

Foto: Instagram /ryuseiimai0416

Foto: Instagram /ryuseiimai0416
Bola birinchi marta Bryus Li ishtirokidagi filmni 1 yoshligida ko‘rgan, 4 yoshga borib esa mashq qilishni va kumiriga taqlid qilishni boshlagan.

Bugunga kelib u butun dunyodagi turli shoularda qatnashmoqda. Hozir uning Facebook sahifasiga a’zolar soni 300 mingga yaqin, Instagram'da esa - 34 ming. Bundan tashqari, uning YouTube'da o‘z kanali bor, ota-ona o‘g‘lining mashq jarayonlarida olingan videolarni kanalga joylab borishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 136
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar