“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:36
ЎЗO‘Z

16 yoshli qiz o‘gay otasidan farzand ko‘rdi...

27 apr, 17:27 22 547 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
16 yoshli qiz o‘gay otasidan farzand ko‘rdi... Qirg‘izistonning O‘zgan tuman sudi B. J. ismli erkakni o‘tgan yili 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e’lon qilgandi. Ammo jabrlanuvchining advokati u bir umrlik qamoq jazosiga loyiqligini aytgan holda appelyatsiya sudiga murojaat etdi. Shikoyat arizasida aytiladiki, erkak o‘gay qizini 5 yil davomida zo‘rlab kelgan. Ariza O‘sh viloyat sudida ko‘rib chiqildi va jinoyatchi 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi haqida yangi hukm e’lon qilindi.

Tergov bayonnomasidan:

Jabrlanuvchining qarindoshlari aytishdiki, onasi eri uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng olamdan o‘tgach, 2011 yili bolalari bo‘lishiga qaramay, O‘zganda yashovchi erkakka turmushga chiqdi. O‘shanda qizi 11 yoshni qarshilagandi. O‘shandayoq o‘gay otasi uning nomusini poymol qilgan va agar kimga churq etsa, o‘ldirib, onasi bilan birga daryoga cho‘ktirib yuborishini aytib qo‘rqitgan. Shunday qilib u besh yil davomida qizni zo‘rlab kelgan. Oqibatda 2017 yili qiz homilador bo‘lib qolgan.

Homiladorligidan xabar topdi deguncha, o‘gay ota uni go‘yo turmushga chiqqan qiz qiyofasida vrach ko‘rigidan o‘tish uchun yuborgan. Vrach homila besh oylik bo‘lganini ma’lum qilgan. Shundan keyin uni vaqtincha yashab turishi uchun Bishkekka jo‘natgan. Ammo tez orada qiz yana O‘zganga qaytdi. O‘gay ota azbaroyi vahimaga tushganidan o‘zi qizni vrachga olib bordi va jami 26 ming so‘m evaziga homilani oldirib tashlashga harakat qilib ko‘rdi. Iloji bo‘lmadi. Vrachlar bu ishga qo‘l urishdan tiyilishdi.

Oyni etak bilan yopib bo‘larmidi. Qarindoshlar voqeadan baribir xabar topishdi. Lekin bolaning otasi kimligini idrok eta olmay qolishdi. Negaki, qiz sukut saqlashdan nariga o‘tmasdi. O‘gay otasidan qo‘rqardi.

Ruhiy zarba qizni o‘limga yetaklayverdi. Uch marotaba joniga qasd qilib ko‘rdi. Ajali yetmagan ekan, tirik qoldi. Oxiri bardoshi tamom bo‘ldi. Yaqin qarindosh ayollardan biriga yorildi. O‘gay otasidan homiladorligini, u besh yil davomida nomusiga tegib kelganini… Hamma-hammasini to‘kib soldi…

Erkak 2017 yil 28 avgustida qo‘lga olindi.

Jabrlanuvchi esa farzandini baribir dunyoga keltirdi. Ammo tug‘ruq jarayoni og‘ir kechgani sababli uzoq vaqt kasalxonada yotishga majbur bo‘ldi. Ana shundan keyin uni onalik huquqidan mahrum etishdi. Bolaga uning singlisi boquvchi sifatida tanlandi.

Hozirgi vaqtda jabrlanuvchi bilan psixologlar ish olib bormoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 0
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar