“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:41
ЎЗO‘Z

AQSh Xitoyda o‘n minglab musulmon uyg‘urlar qamalganidan jiddiy tashvishlanmoqda

20 apr, 12:05 6 421 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh Xitoyda o‘n minglab musulmon uyg‘urlar qamalganidan jiddiy tashvishlanmoqda Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatida uyg‘urlar va boshqa musulmon millatlarini ta’qib qilish doirasida Xitoy hukumati o‘n minglab odamlarni qo‘lga oldi. Bu haqda Xitoy poytaxti Beyjinda o‘tgan anjumanda AQSh Davlat kotibining Sharqiy Osiyo va Tinch Okeani mintaqasi bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Laura Stoun ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning barchasi “qayta siyosiy tarbiyalash” markazlarida saqlanayotgani “o‘ta tashvishli holat”dir.

"Biz Shinjondagi uyg‘urlar va musulmon ozchilikning huquqlarini cheklash jarayoni kuchayib borayotganidan tashvishdamiz,"-dedi Laura Stoun.

AQSh rasmiysi bu masalani “Xitoy rasmiylari bilan o‘tadigan har bir uchrashuvda kun tartibiga kiritaveramiz”, deb aytdi.

Stoun Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatidan olingan ma’lumotlarning ozligi tufayli qamoqqa tashlanganlar soni qancha ekanini aniqlash imkoniyati yo‘qligini, biroq ularning soni “o‘n minglab odamlar”ni tashkil qilishini aytdi.

Huquq faollari Xitoy hukumati islom dini va madaniyatiga, musulmonlarning erkin harakatlanish huquqiga jiddiy to‘siqlar qo‘yayotganini aytib kelmoqdalar.

“Ozod Osiyo” radiosining bildirishicha, joriy yil yanvar oyida birgina Qashqardan 120 ming odam “qayta tarbiyalash markazlari”ga yuborilgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh rasmiysi Lauro Stoun bildiruvini inkor etmoqda. Xitoy rasmiylariga ko‘ra, Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatida barcha millatlar tinch-totuvlikda va farovon hayotda yashamoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 136
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar