“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:09
ЎЗO‘Z

Mashhurlar tomonidan amalga oshirilgan eng telbanamo 9 xarid (foto)

25 noya, 19:34 6 638 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mashhurlar tomonidan amalga oshirilgan eng telbanamo 9 xarid (foto)

Mashhur kishilar eng g‘alati va kutilmagan narsalar uchun haddan tashqari ko‘p pul sarflashga moyil bo‘ladi, deb yozadi «Interesno».

Ba’zi mashhurlar bu xaridlarni yanada mashhurroq bo‘lish, boshqalari esa matbuot e’tiboridan tushmaslik uchun, uchinchilari esa shunchaki o‘zlariga shuni ravo ko‘ra olgani sabab amalga oshiradi.

9. Bono: shlyapa uchun aviachipta (1,7 ming dollar)

Ta’tildan qaytishda shlyapasini unutib qoldirgan Bono, uni qaytarish uchun imkoni bor barcha choralarni ko‘rishga majbur bo‘ldi. Sevimli shlyapasi o‘ziga qaytarib berilishi uchun U2 guruhi yakkaxoni bosh kiyim uchun 1,7 ming dollarga aviachipta sotib oldi. Lekin bu shlyapaning qanday o‘ziga xosligi borligini ma’lum qilgani yo‘q.

8. Ledi Gaga: ruh va arvohlarni aniqlovchi detektor (50 ming dollar)

Ledi Gaga o‘zini qandaydir Rayan ismli arvoh ta’qib qilishiga ishonadi. Unga qarshi kurash maqsadida, xonanda 50 ming dollarga yaqin o‘rtada ruh va arvohlar borligini aniqlovchi qandaydir «magnit maydoni o‘lchagich»ni sotib olgan. U shu qadar xurofotga berilganki, tunaydigan mehmonxonalarini tekshirish uchun muntazam ravishda «arvoh ovlovchilar»ni yollaydi.

7. Nikolas Keyj: komikslar kolleksiyasi (1 million dollar)

Ba’zi odamlar qanday qilib superqahramonlarga qiziqib, komikslarni to‘plash mumkin, deb hayron bo‘ladi. Shu vaqt ularga Nikolas Keyjni ro‘para qilish kerak. Aktyor 1 million dollarga Supermen haqidagi komikslar kolleksiyasini sotib olgan. Keyinroq shu kolleksiyani 2,1 million dollarga pullagan.

6. Beyonse: furgon (1 million dollar)

Beyonse homiladorlik vaqtida bo‘lajak qizi Blyu Ayvi uchun katta xaridlarni amalga oshirishga kirishdi. Masalan, u hashamatli Maybach avtomobilini sotib, o‘rniga sakkiz kishi sig‘adigan katta Mercedes furgonini sotib oldi. Furgon juda qimmatbaho — birgina ovoz tizimining o‘zi 150 ming dollar turadi. Bundan tashqari, bu mashina DirectTV, Wi-Fi va… vannaxonasi bilan maqtana oladi.

5. Selin Dion: havo namlagich (2 million dollar)

Selin Dion o‘zining yosh va musaffo ko‘rinishini saqlay olishiga ko‘pchilik hayron qoladi. Balki buning siri xonanda 2 million dollarga sotib olgan havo namlagich bilan bog‘liqdir? Xabar berishlaricha, Selin Dion o‘tgan yili ham sog‘lomlashtirish va kosmetika ishlari hamda mahsulotlari uchun aqlbovar qilmas darajada ko‘p pul sarflagan.

4. Mayk Tayson: vanna (2 million dollar)

Mayk Tayson 2004 yili, uning bankrot bo‘lgani bilan bog‘liq ish sudda ko‘rilayotgan vaqtda, 2 million dollarlik jakuziga buyurtma bergan. U ayni vaqtda badavlat sportchilardan biri bo‘lishi mumkin edi, bir necha yil ichida 400 million dollar pulni ko‘kka sovurishga ulgurgan.

3. Kim Beysinger: shahar (20 million dollar)

20 million dollarga nimalar qilsa bo‘ladi? O‘qish pulini to‘lash, yangi uy qurish, yangi mashina sotib olib, umrning so‘nggi lahzalariga qadar zoriqmay yashash mumkin. Aktrisa Kim Beysinger esa shuncha pulni Jorjiya shtatidagi Brayzelton shahrini sotib olish uchun sarfladi. 500 ga yaqin kishi yashaydigan manzilgohdagi barcha tijoriy ko‘chmas mulk va bir qator xususiy uylar endi Kimga tegishli.

2. Reychel Xanter: it uchun uycha (15 ming dollar)

Yangi zelandiyalik aktrisa va fotomodel Reychel Xanter nemis ovcharkasi zotiga mansub o‘z itiga ko‘rinishi uncha katta bo‘lmgan uyga o‘xshash uycha sotib olish uchun 15 ming dollar sarflagan.

1. Donald Tramp: oltin bilan pardozlangan xususiy samolyot (100 million dollar)

Mazkur ro‘yxatda birinchi o‘rinni o‘zining g‘alati harakatlari va bayonotlari bilan tanilgan milliarder Donald Tramp egallaganiga hayron qolmasa ham bo‘ladi. U Microsoft asoschilaridan biri Pol Allendan samolyot sotib olib, uning salonini o‘z didiga ko‘ra oltin bilan pardozlatish uchun 100 million dollardan ortiq pul sarflagan.


Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 79
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar