“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 18:27
ЎЗO‘Z

Imomali Rahmon: "Tojikiston o‘z qo‘shnilarini hech qachon suvsiz qoldirmaydi"

16 mar, 07:05 5 647 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Imomali Rahmon: "Tojikiston o‘z qo‘shnilarini hech qachon suvsiz qoldirmaydi" Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Ostonadagi maslahatlashuv uchrashuvida Markaziy Osiyoning barcha davlatlari manfaatlarini hisobga olib suv-energetik zaxiralardan samarali va oqilona foydalanish mintaqa davlatlari hamkorligining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb ataldi.

“Men bir necha bor baland minbarlar, jumladan BMT minbaridan Tojikiston suvdan foydalanish masalalari borasida hech qachon qo‘shnilariga muammolar tug‘dirmagani va tug‘dirmasligini aytganman. Bugun men yana bir bor biz qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmasligimizni ta’kidlab o‘tmoqchiman”, deb aytgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon uchrashuvda.

Rahmon, shuningdek, uchrashuvda mintaqa fuqarolari, o‘zaro savdo, ishchi kuchi va investitsiyalarning mintaqa davlatlari o‘rtasida erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi to‘siqlarni bartaraf etish zarurligini ta’kidlab o‘tgan.

Uchrashuv ishtirokchilari mintaqaviy hamkorlikning barcha o‘zaro manfaatli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishgan.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mintaqa odamlari farovonligi uchun qo‘llanishi kerak bo‘lgan boy tabiiy, transport-kommunikatsiya va inson zaxiralariga egaligi ta’kidlab o‘tilgan.

Tomonlar mavjud zaxiralar yordamida terrorchilik, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, transmilliy jinoyatchilik va diniy radikallikka qarshi birgalikdagi kurashni faollashtirishni qo‘llab-quvvatlashdi.

Markaziy Osiyo dunyoning eng suv taqchil hududlaridan biri hisoblanadi. Qirg‘iziston va Tojikistonda Markaziy Osiyodagi yirik daryolar oqimining boshi joylashgani sababli bu davlatlar suvga boy davlatlar hisoblanadi. Pastroqda joylashgan O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston esa suv zaxiralarining asosiy iste’molchilari sifatida suvga katta ehtiyoj sezadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 1
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 34
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 46
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 284
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 167
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 33
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 46
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 83
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 90
  • Bo‘limlar