“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:42
ЎЗO‘Z

Jeenbekov Markaziy Osiyo yetakchilarini terrorchilikka qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi

16 mar, 00:20 3 969 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jeenbekov Markaziy Osiyo yetakchilarini terrorchilikka qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvida bugungi kunda mintaqa davlatlari xalqlari farovonligi uchun mintaqaviy hamkorlikni yangidan yo‘lga qo‘yish vazifasi turganini aytdi.

Jeenbekov o‘tgan uchrashuv Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini faollashtirish va yangilashga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi. Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining do‘stlik, tinchlik-totuvlik va yangilanish bayrami – Navro‘z arafasida uchrashishlari ramziy ma’noga egaligini aytdi.

Uning aytishicha, Ostonadagi uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va joriy vaziyat bo‘yicha fikrlar almashish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi. “Buni nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar manfaati uchun qilish kerak. Shu sababli men O‘zbekiston prezidentining davlatlarimiz rahbarlari uchrashuvini muntazam ravishda o‘tkazish tashabbusini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladim. O‘ylashimcha, bu uchrashuvlar nafaqat o‘zaro integratsiya, balki mintaqamizning dunyodagi roli va o‘rnini oshirish uchun xizmat qiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Jeenbekov.

Jeenbekovning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari terrorchilik va ekstremizmga hamda boshqa xavflar va chaqiriqlarga birgalikda kurashishlari lozim. Qirg‘iziston prezidentining aytishicha, Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi birgalikdagi harakatlar va xavfsizlikning yagona hududini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Jeenbekov so‘zlari nihoyasida Qirg‘iziston joriy yilda bir qator madaniy-sport tadbirlari, jumladan, III Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari va atoqli qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavallud kunining 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirganini ma’lum qildi va Markaziy Osiyo davlatlarining barcha rahbarlarini bu tadbirlarga taklif qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 0
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 136
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 89
  • So'nggi yangiliklar
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Bo‘limlar