“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:01
ЎЗO‘Z

Markaziy Osiyo yetakchilari Ostonada. Nimalar muhokama qilinadi?

15 mar, 10:51 4 555 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy Osiyo yetakchilari Ostonada. Nimalar muhokama qilinadi? Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari 15 mart kuni biror bir kun tartibini nazarda tutmaydigan amaliy (maslahat) uchrashuvda ishtirok etishadi.

Uchrashuv Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Ostonadagi qarorgohida o‘tadi. Avvalroq bu haqda Nazarboyevning matbuot kotibi Aydo‘s Ukibay uchrashuvda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston yetakchilari ishtirok etishlarini ma’lum qilgandi. Uchrashuvda faqatgina Turkmaniston prezidenti bo‘lmaydi, uning o‘rniga uchrashuvda Turkmaniston majlisi vakili Akja Nurberdiva ishtirok etadi.

Uchrashuv arafasida Qozog‘istonning Tojikistondagi elchisi Nurlan Seytimov jurnalistlarga bu uchrashuv “katta hodisa” bo‘lishini aytgan.

“Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari bunday formatda qat’iy kun tartibisiz, erkin tarzda ular zarur deb hisoblagan barcha, jumladan mintaqaviy kun tartibi, ikki tomonlama va kengroq ko‘lamdagi masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, deb aytgan Seytimov.

Uning aytishicha, bunday formatdagi uchrashuv qo‘shma hujjatlar qabul qilinishini ko‘zda tutmaydi.

Bunday norasmiy uchrashuv o‘tkazish g‘oyasini ilk bor O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bildirgan. Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentyabrda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyoda siyosiy ishonch darajasi ancha oshgani, ko‘plab masalalar bo‘yicha prinsipial muhim yechimlar topishga muvaffaq bo‘linganini aytgan.

“Qisqa vaqt ichida mintaqada mutlaq yangi siyosiy muhitni yaratishga muvaffaq bo‘lindi. O‘ylaymanki, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining muntazam konsultativ uchrashuvlarini o‘tkazish bu tendensiyaning mustahkamlanishiga ko‘mak beradi”, deb aytgan o‘shanda Shavkat Mirziyoyev.

Keyinroq Samarqandda o‘tgan, Markaziy Osiyo muammolariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganini va bu uchrashuvni Ostonada o‘tkazishni taklif qilganini ma’lum qilgan.
Uchrashuvni o‘tkazish sanasi bejiz tanlanmagan. Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari uchun umumiy hisoblangan va martda o‘tkaziladigan Navro‘z bayrami uzoq yillar davomida bunday uchrashuvni ilk bor o‘tkazish uchun ramziy fon bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 301
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 166
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 238
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 203
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar