“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:57
ЎЗO‘Z

Putin yo‘lovchi samolyotini urib tushirishga buyruq berganini aytdi

12 mar, 21:25 6 051 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin yo‘lovchi samolyotini urib tushirishga buyruq berganini aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2014 yili bortida bomba bor deya taxmin qilingan samolyotni urib tushirishga buyruq bergan. Bu haqda «Putin» nomli hujjatli filmda so‘z boradi, deb xabar qiladi «Daryo» nashri.

Ta’kidlanishicha, ikki soat davom etadigan hujjatli filmda Rossiya prezidenti 2014 yil 7 fevral sanasida, Sochidagi Olimpiadaning ochilishi oldidan unga xavfsizlik xizmati ofitseri qo‘ng‘iroq qilib, Xarkovdan Istanbulga uchayotgan samolyot qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, samolyotni qo‘lga olganlar uni Sochiga qo‘ndirmoqchi bo‘lgan. Boeing 737-800 havo kemasining uchuvchilari yo‘lovchilardan birida bomba borligini aytgan.

«Samolyot bortida 110 nafar yo‘lovchi bor edi, stadionda esa 40 mingdan ortiq odam Olimpiadaning ochilish marosimiga to‘plangan», — deyiladi xabarda.

Putinning aytishicha, prezident o‘sha vaqtda xavfsizlik xizmati xodimlariga maslahat so‘rab murojaat qilgan, ular esa o‘z navbatida bu kabi favqulodda holatlarda samolyot urib tushirilishini ma’lum qilgan.

«Men ularga reja bo‘yicha ish ko‘rishlarini buyurdim», — deydi Putin, shundan so‘ng u Olimpiada o‘yinlarining ochilishiga yetib kelgan.

Bir necha daqiqadan so‘ng Putinga yana bir qo‘ng‘iroq bo‘lgan: bu safar unga xabar yolg‘on ekanligini, yo‘lovchi mast ahvolda bo‘lganligini hamda samolyot Turkiyaga o‘z parvozini davom ettirganligini ma’lum qilishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 0
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar