“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:00
ЎЗO‘Z

Rossiyada qulagan An-148 samolyoti kabinasidagi oxirgi lahzalar audioyozuvi

07 mar, 00:35 5 367 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada qulagan An-148 samolyoti kabinasidagi oxirgi lahzalar audioyozuvi OAVda Moskva viloyatida 11 fevralda falokatga uchragan, “Saratovskiye avialinii” kompaniyasining An-148 samolyoti ekipaj komandiri va ikkinchi uchuvchining so‘nggi muloqoti rasshifrovkasi chop etildi. Moskvadan Orskga uchayotgan samolyot falokatga uchrashi oqibatida 71 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Parvoz boshlangandan bir necha daqiqa o‘tgach uchuvchilar avtoinformator ogohlantirishidan keyin tezlik datchiklaridagi tavofutga e’tibor qaratishadi. Samolyot uchuvchilarining bevosita falokat oldidan muloqotining to‘liq matni 78.ru tomondan chop etilgan. Quyida samolyotning yer bilan to‘qnashishiga bir daqiqadan kamroq vaqtdagi uchuvchilar muloqoti keltirilgan.

Samolyot ko‘tarilishi vaqtida tezlik datchiklari bir uchuvchinikida 390 km/soat, ikkinchisinikida 200 km/soat ko‘rsatgan. Bunda ikkinchi uchuvchi falokatga olib kelgan xatoga yo‘l qo‘yadi: u avtopilotni o‘chirib, samolyot tumshug‘ini pastga qaratadi.

- Qayerga pastga ketayapsan? Nimaga pastga ketyapsan?, - deb aytadi komandir Valeriy Gubanov.

- Chunki tezlik 200, - deb javob beradi uning sherigi.

- Balandlik! Balandlik! Balandlik!, - deb uch marta aytadi komandir.

Shundan keyin u sherigiga “Yuqoriga” deb buyuradi.

Biroq kech bo‘ladi. Bir necha soniyadan keyin samolyot 800 km/soat tezlikda yerga uriladi. Yer bilan to‘qnashuv uchuvchilarning anglab bo‘lmas hayqiriqlari ostida yuz beradi.

Samolyotning falokatga uchrashiga samolyot tezligi haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, datchiklar muzlab qolgani sababli nosoz ishlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 176
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 322
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar