“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:28
ЎЗO‘Z

Darig‘a Nazarboyeva otasining topshirig‘iga amal qilmadi

02 mar, 07:30 5 779 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Darig‘a Nazarboyeva otasining topshirig‘iga amal qilmadi Qozog‘iston parlamenti senatining xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi, Nursulton Nazarboyevning katta qizi Darig‘a Nazarboyeva senat yig‘ilishida rus tilida muloqot qildi. Bundan avvalroq Nursulton Nazarboyev parlament va hukumat davlat tili – qozoq tilida ishlashi kerakligini aytgandi.

Nazarboyeva jurnalistlarga ushbu holat yuzasidan javob berarkan, unga qulay bo‘lgan tilda gaplashganini aytgan.

“Biz barchamiz prezident topshiriqlarini bajarishga harakat qilamiz. Xudoga shukr, hali hech kim rus tilini bekor qilmadi va o‘ylaymanki, bunday bo‘lmaydi. Boshqa odamlarni ham hurmat qilish lozim, shu sababli bu masalada haddan oshirib yubormaslik lozim”, deb aytgan Darig‘a Nazarboyeva.

U shuningdek millatlararo totuvlikni “hech kim bekor qilmaganini” qo‘shimcha qilgan.

“Davlatimiz hududida mavjud, jumladan davlat idoralarida amalda bo‘lgan tillar konstitutsiya tomondan tasdiqlangan”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Nazarboyeva.

Avvalroq Nursulton Nazarboyev lotin alifbosiga o‘tish qozoq xalqi uchun tarixiy muhim ahamiyatga ega ekanligini aytgan. Uning aytishicha, endi qozoq tili mavqeini oshirish vaqti keldi: parlament va hukumat o‘z faoliyatini qozoq tilida olib borishi lozim. Nazarboyev fuqarolarning huquqlarini kamsitmaslik uchun sinxron tarjima imkoniyatini nazarda tutish lozimligini aytgan.

Nazarboyevning bu gaplaridan keyin aksariyat amaldorlar hukumat yig‘ilishida o‘z hisobotlarini qozoq tilida o‘qishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 227
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 61
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar