“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:51
ЎЗO‘Z

Neapolda yarim asrdan ko‘proq davr ichida ilk bor qor yog‘di

27 fev, 19:08 4 434 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Neapolda yarim asrdan ko‘proq davr ichida ilk bor qor yog‘di Apennin yarimorolida Sibir sikloni olib kelgan sovuq havo saqlanib qolmoqda. Italiyaning Neapol shahrida 27 fevralga o‘tar kechasi 1956 yildan beri ilk bor qor yog‘di. Qor oqibatida mahalliy aeroport Kapodikino va barcha maktablar yopilgan. Bu haqda “Rai News 24”ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportda uchish-qo‘nish polosasi muzlab qolgani va ko‘rinish yomonlashgani sababli parvozlar to‘xtatilgan. Shuningdek, shahar transporti faoliyatida ham muammolar kuzatilgan.

26 fevralda Vezuviy vulqoni qor bilan qoplangandi. Shaharda oxirgi marta qor yog‘ishi yarim asrdan ko‘proq vaqt avval – 1956 yilda kuzatilgan.

Italiyada “Sibir bo‘roni” deb atalayotgan sovuq siklon yarimorol markazida avj olib, janub tomon yo‘nalmoqda. 26 fevralda Rimda yoqqan qor tungi sovuq harorat sababli saqlanib qolib, 27 fevralda ham transport bilan muammolar keltirib chiqarishda davom etgan. Rim meriyasi maktablarning yopilishi haqidagi ko‘rsatmasini kuchda qoldirgan.

Italiya shimolida ham rekord past harorat saqlanib qolmoqda. Bu yerda harorat minus 35 darajani tashkil qilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, yomon ob-havo 28 fevralgacha davom etib, so‘ngra havo iliy boshlaydi. Biroq ob-havo mutaxassislari sovuq havo va yog‘ingarchiliklar davom etishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar