“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 13:17
ЎЗO‘Z

Rossiya fuqarolariga migrantlarni ro‘yxatdan chiqarish huquqi beriladi

25 fev, 12:25 5 751 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya fuqarolariga migrantlarni ro‘yxatdan chiqarish huquqi beriladi Davlat Dumasi Rossiya fuqarolariga chet el fuqarolarini ro‘yxatdan chiqarish huquqi beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Ushbu qonun tashabbusi Rossiya fuqarolarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan hamda chet el fuqarolarini ro‘yxatga qo‘yish aniqligini oshiradi. Yangi qonun loyihasi qabul qilayotgan Rossiya fuqarosiga xorij fuqarosini, ro‘yxatda turish uchun asos qolmagan hollarda, ro‘yxtdan chiqarish huquqini beradi. Buning uchun fuqaro IIVga pochta, internet yoki “yagona darcha” orqali ariza yuborishi kerak bo‘ladi.

Ushbu qonun loyihasi muallifflaridan biri, Davlat Dumasi vitse-spikeri Irina Yarovaya aytishiga qaraganda, bugungi kunda chet el fuqarosini o‘z uyida ro‘yxatga qo‘ygan Rossiya fuqarosi, u bilan mehnat munosabatlarini yakunlagan va aloqani yo‘qotgan hollarda ham, uni ro‘yxatdan chiqara olmaydi.

Deputat fikriga ko‘ra, ushbu holat Rossiya fuqarosi huquqlarini cheklaydi. Undan tashqari migrant ro‘yxatdan o‘tgan manzilda emas boshqa joyda yashagan hollarda fuqaroga nisbatan jarima qo‘llanilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada har bir yangi qonun kuchga kirishidan oldin Davlat Dumasida 3 marotaba o‘qiladi va unga barcha kerakli o‘zgarishlar kiritiladi. Shundan so‘ng u Federatsiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Undan so‘ng prezident tomonidan imzolanadi va kuchga kiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 1
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 0
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 1
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 4
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 58
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 0
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 0
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 0
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 4
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 58
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 39
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 79
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 106
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 52
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 112
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • Bo‘limlar