IShID terrorchilik guruhining kamida 12 jangarisi Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar provinsiyasida o‘ldirildi, deya xabar bermoqda «Interfaks» afg‘on OAVlariga tayanib.
Mahalliy hukumat vakillari so‘zlariga ko‘ra, jangarilar Achin uezdida Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlari bilan otishmalar chog‘ida yo‘q qilingan. Otishma esa, uezd ma’muriyati rahbari aytishicha, jangarilar Abdul Xel aholi punkti yaqinidagi xavfsizlik kuchlari postiga hujum qilgach, boshlangan.
Otishma Afg‘oniston kuchlari hujumni daf qilguniga qadar bir necha soat davom etgan. Unda uch nafar harbiy xizmatchi yaralangan.