“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:35
ЎЗO‘Z

Ozarbayjon Prezidenti Armaniston poytaxtiga da’vo qilmoqda

21 fev, 19:00 5 774 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozarbayjon Prezidenti Armaniston poytaxtiga da’vo qilmoqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev joriy yilning 8 fevral kuni “Yangi Ozarbayjon” hukmron partiyasining VI syezdida so‘zga chiqib ozarbayjonlarning Armaniston poytaxti Yerevanga bo‘lgan da’vosi haqida gapirgandi. Ushbu nutq rasmiy tarzda prezidentning saytida e’lon qilindi, deb yozadi Qalampir nashri.

Tog‘li Qorabog‘ masalasi Armaniston va Ozarbayjon mamlakatlari o‘rtasidagi bahsli nuqta hisoblanadi va bu ikki davlat o‘rtasida bir necha o‘n yillardan beri davom etib kelayotgan nizolarga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, Ilhom Aliyev bu muammoni hal qilish masalasini BMT minbarida ko‘targani haqida xabar bergan edik.

Ammo partiyaning VI se’zdida so‘zga chiqqan Ilhom Aliyev bu safar nafaqat Tog‘li Qorabog‘, balki Armaniston poytaxti Yerevan shahri tarixan ozarlarning ota mulki bo‘lganini ta’kidlagan.

Majlisda Aliyev quyidagilarni gapirdi:

“Tog‘li Qorabog‘ muammosi BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlari asosida mamlakatimizning hududiy yaxlitligi doirasida hal etilishi kerak. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz hech qachon bizning yerimizda arman davlatining ikkinchi hududi tashkil qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

Mamlakatimizning hududiy yaxlitligi muzokaralar mavzusi emas va hech qachon bo‘lmaydi. Biz shunchaki qudratimizni oshirishimiz va kuchaytirishimiz kerak.

Ishonchim komilki, ushbu masala xalqaro huquq normalari va prinsiplariga asoslangan holda adolatli hal etiladi va mamlakatimizning hududiy yaxlitligi tiklanadi.

Shuni ta’kidlash o‘rinliki, biz tarixiy yerlarimizni unutmasligimiz kerak va unutmaymiz ham. Bu bizning keyingi faoliyatimiz yo‘nalgan maqsad bo‘lishi kerak va biz bugun shu maqsadda ishlayapmiz.

Bizning tarixiy yurtlarimiz Yerevan xonligi, Zangezur va Goycha hududidir. Bu haqda yosh avlod va butun dunyo bilishi kerak.

Ushbu masala bilan bog‘liq ravishda bugungi kunda bizning ota-bobolarimizning tarixiy yeri haqida nufuzli ilmiy ishlar, filmlar namoyish etilayotgani va ko‘rgazmalar tashkil etilayotganidan xursandman.

Kelgusi yillarda biz bu yo‘nalishda yanada faolroq bo‘lishimiz kerak, dunyoning turli burchaklarida ko‘rgazma va taqdimotlar o‘tkazishimiz shart.

Yerevan bizning tarixiy zaminimiz bo‘lgani uchun, biz, ozarlar, bu tarixiy yurtlarga qaytishimiz lozim. Bu bizning siyosiy va strategik maqsadimiz va biz unga asta-sekin yaqinlashishimiz kerak.

Armanistonga kelsak, bugun hamma bu mamlakat garovga aylangani va shafqatsiz siyosatining qurboni bo‘lganini ko‘rib turibdi. Biz barcha xalqaro loyihalardan, energiya va transport kommunikatsiyalaridan bu davlatni to‘sib qo‘ydik. Biz buni amalga oshira oldik”.

Aliyev nutqi davomida Yerevan hududi tarixi bilan bog‘liq faktlarni keltirgan va haqli ravishda ozarlar bu hududga egalik qilishi kerakligini ta’kidlagan.

Xususan, Aliyev Yerevan shahrining paydo bo‘lish tarixi, o‘tgan asrlar mobaynida shahar musulmon mamlakatlarining asosiy markazlaridan biri bo‘lganini aytgan.

Shuningdek, u fakt sifatida o‘rta asrlarda bu yerga kelib ketgan yevropalik sayohatchilar o‘z asarlarida shahar va uning aholisi haqida yozgan ma’lumotlarni ham keltirib o‘tib, bu hudud aslida ozarlarning ota meros mulki ekanligini ta’kidlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 0
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 1
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 4
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 15
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar