“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:43
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonda “maktablarda ro‘mol bilan bog‘liq muammo” bo‘yicha ota-onalar jarimaga tortilmoqda

20 fev, 10:50 8 031 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonda “maktablarda ro‘mol bilan bog‘liq muammo” bo‘yicha ota-onalar jarimaga tortilmoqda Viloyat ta’lim sohasini nazorat qilish departamenti ma’lumotlariga qaraganda, 19 yanvardan boshlab qizlari maktabga qatnamayotgan 13 nafar ota-ona jarimaga tortilgan, deb yozadi tnews.uz nashri.

Oylik Hisob Ko‘rsatkichining besh barobari (12 ming tenge yoki 37 dollar) miqdoridagi jarima Xobdin tumanidagi Aliya qishlog‘ida istiqomat qiluvchi ikki qizning ota-onasiga yozilgan, deya xabar berdi tuman ta’lim bo‘limi rahbari Nurlibay Ayjariqov.

Ayjariqovning so‘zlariga qaraganda, mahaliy maktabning oltinchi va sakkizinchi sinflarida ta’lim oluvchi mahalliy oilaning ikki nafar qizi uchinchi chorakdan boshlab darsga qatnashmayapti. «Maktab o‘quvchilarining ota -onalari bilan bir necha bor uchrashuv o‘tkazildi, biz ularni ogohlantirdik, keyin ogohlantirish borasidagi hujjatlarni ta’limni nazorat qiluvchi viloyat departamentiga topshirdik. Biz taqdim qilgan hujjatga asoslanib departament ularni jarimaga tortdi», — deydi Ayjariqov.

Din ishlari bo‘yicha viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda viloyatda “majburiy maktab formasi talablariga rioya etilmasligi” tufayli kamida 103 nafar o‘quvchi qiz darsga qatnamayapti. Rasmiylarning aytishicha, ular qizlarning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazishmoqda.

Vazir tomonidan 2016 yil fevralda imzolangan maktab formasiga “turli konfessiyalarga taalluqli diniy libos elementlarini” kiritilishi taqiqlangan № 26 buyruq, bu galgi o‘quv yilida maktablarda musulmon liboslarini kiyish masalasida, bahslarni keltirib chiqardi. Dekabr oyida Ostona sudi mazkur buyruqni bekor qilishni so‘rab chiqqan o‘nlab ota-onalarning da’vosini rad qildi.
musulmon liboslari, Maktab o‘quvchilari




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar