“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:59
ЎЗO‘Z

Yaponiyaning NHK teleradiokorporatsiyasi Shavkat Mirziyoyev islohotlarini yuqori baholadi

10 fev, 11:20 4 284 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaponiyaning NHK teleradiokorporatsiyasi Shavkat Mirziyoyev islohotlarini yuqori baholadi Yaponiyaning yetakchi NHK teleradiokompaniyasi o‘z saytida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz turizm tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar haqida material joylashtirdi.

Quyida ushbu material matni keltirilmoqda:

«O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati xorijiy sayyohlar uchun viza olish tartibini bekor qilish va soddalashtirish orqali turizm industriyasini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishni maqsad qilyapti.

2018 yilning 10 fevralidan Markaziy Osiyoning bu davlati 39 mamlakat fuqarolari uchun sayyohlik vizasi olishni soddalashtiradi.

Bundan tashqari, joriy yilning 10 fevralidan boshlab, 7 mamlakat, jumladan, Yaponiya, Isroil, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Janubiy Koreya fuqarolari 30 kungacha O‘zbekistonda vizasiz qolishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yil oxirida lavozimga kirishgan davridan mamlakatning xalqaro hamjamiyatga har tomonlama ochiqligiga qaratilgan faol siyosatni qat’iy olib bormoqda.

Bu chora-tadbirlar turizm tarmog‘ini rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

32 milliondan ziyod aholiga ega O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng muhim va inson kapitali bo‘yicha yirik davlat hisoblanadi. O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro kabi tarixiy shaharlari YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Bu boradagi amaliy islohotlar natijasida 2017 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan yaponiyaliklar soni ilk bor 9 500 nafarni tashkil etdi.

NHK teleradiokorporatsiyasiga bergan intervyusida O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi G‘ayrat Fozilov vizasiz rejim joriy qilinishi tufayli yanada ko‘proq yaponiyaliklar O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishiga umid bildirdi. Uning fikricha, O‘zbekiston rahbariyatining bu kabi sa’y-harakatlari Toshkent bilan Tokio o‘rtasidagi strategik sheriklik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashning qo‘shimcha omili bo‘lib xizmat qiladi».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 1
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 26
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 32
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 102
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar