“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:51
ЎЗO‘Z

Dushanbeda Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi

03 fev, 17:50 5 863 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dushanbeda Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi Dushanbeda Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston rahbari Sooronbay Jeenbekov 1 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi, deb yozmoqda «Tnews.uz» sayti.

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning Tojikistonga rasmiy tashrifi mobaynida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan 8ta qo‘shma hujjat imzolandi. Tomonlar delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi doirasida hal qilinmagan chegaralar masalasidagi ishlarni davom ettirishga kelishib olishdi.

Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekov yirik mintaqaviy loyiha bo‘lmish Markaziy va Janubiy Osiyo energetika bozorini birlashtiruvchi — KASA-1000ni rivojlantirish bo‘yicha birgalikda sa’y-harakatlarni davom ettirish lozimligini ta’kidlashdi.

«Qirg‘iziston va Tojikistonni mustahkam do‘stlik bog‘lab turadi. Biz ikki tomonlama munosabatlarning barcha masalalari bo‘yicha fikr almashdik, uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha yangi vazifalarni ko‘rib chiqdik, xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzularni ko‘tardik», — deya bayonot berdi Sooronbay Jeenbekov tojikistonlik hamkasbi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida.

Jeenbekov ikki kunlik tashrifi doirasida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuhurov bilan ham uchrashadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar