“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:09
ЎЗO‘Z

Hongkongda 450 kilogrammlik bomba topildi

27 yanv, 22:53 4 591 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hongkongda 450 kilogrammlik bomba topildi 27 yanvarda Hongkongning markaziy qismida, metroning yangi yo‘nalishi qurilishi joyida Ikkinchi jahon urushi zamonlaridagi portlamay qolgan 450 kg.lik bomba topildi. Shu sababli yaqin atrofdan 1,3 ming kishi evakuatsiya qilingan. Bu haqda «South China Morning Post» nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Uzunligi 140 sm va diametri 45 sm bo‘lgan bomba 27 yanvar ertalab Van Chay tumanida metro qurilishi olib borayotgan ishchilar tomondan 15 metr chuqurlikda aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, bomba topilgan joyda bir necha soatdan beri sapyorlar, politsiyachilar va o‘t o‘chiruvchilar ishlashmoqda, yon-atrof o‘rab olingan.

Shahar aholisi xavfsizligini ta’minlash maqsadida huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea joyidan 400 metr radiusdagi hududni o‘rab olishgan.

Mutaxassislar ushbu snaryad Hongkongga 1941 va 1945 yillar orasidagi davr ichida AQSh bombardimonchi samolyoti tomondan tashlangan ANM-65 snaryadi ekanligini aniqlashgan. Snaryad 250 kg.ga yaqin portlovchi moddaga ega, sapyorlar bombani yarimtunga yaqin xavfsizlantirishmoqchi.

Sapyorlar guruhi rahbarining aytishicha, bombadagi detonatorlardan biri shikastlangan, bu esa uni harakatlantirishni juda xavfli qiladi. Agar bomba portlasa uning ta’sir doirasi 200 metrni tashkil qilishi mumkin, uning parchalari esa 2 km.gacha tarqalishi mumkin. Shu sababli mutaxassislar snaryad qobig‘ida ikkita teshik ochib, uning ichidagi portlovchi moddani kuydirib yuborishmoqchi, bunga esa 3 soat ketadi.

Bu bomba Hongkongda topilgan, Ikkinchi jahon urushi zamonlariga mansub birinchi bomba emas. O‘tgan yil yanvarida shahardagi qurilish maydonchalaridan birida 220 kg.lik snaryad topilgan. U ham AQShga tegishli bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 1
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar