“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:13
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonda to‘xtab qolgan avtobusdan qutqarilgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytdi (Foto)

27 yanv, 12:30 5 858 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonda to‘xtab qolgan avtobusdan qutqarilgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytdi (Foto) 2018 yil 21 yanvar kuni taxminan soat 23:10 larda O‘zbekiston fuqarosi Ulug‘bek Boltaboyev FVV Markaziy apparatida favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha tashkil etilgan tezkor shtabi bilan aloqaga chiqib, joriy yilning 21 yanvar kuni taxminan soat 22:50da Petropavlovsk shahridan O‘zbekiston Respublikasiga «Setra» rusumli avtobusda 43 nafar O‘zbekiston fuqarosi kelayotgan vaqtda, Ostona shahriga 54 km qolganda havo harorati sovuqligi sababli, dizel yoqilg‘isi muzlashi natijasida, yo‘l chetida harakatlanmay turib qolganini xabar bergan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi ma’lum qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi FVV FVBM tezkor navbatchisi zudlik bilan mazkur fuqaro bilan aloqaga chiqib, undan vaziyatga aniqlik kiritilgandan so‘ng, Qozog‘iston Respublikasi FVQ FVBMga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ma’lumot taqdim etildi va so‘ngra hamkorlikda ko‘rilgan choralar natijasida, Qozog‘iston Respublikasi FVQ va mahalliy ijro organlari xodimlari tomonidan mazkur avtobus yo‘lovchilari Sho‘rtandi tumani A-1 «Ostona-Borovoy» trassasi yaqinida joylashgan 5-sonli Agrotexnika kollejining yotoqxonasida tashkil etilgan isinish maskaniga vaqtinchalik evakuatsiya qilingan. Isinish maskanida O‘zbekiston fuqarolariga issiq joylar, uch mahal issiq ovqat va tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vataniga tezkor qaytarish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi FVV va Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ tomonidan fuqarolarga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ poyezdining platskart vagonlari bepul asosda taklif etildi.

Qayd etilishicha, yomon ob-havo va sovuqqa qarshi ogohlantirishga qaramasdan, yo‘lovchilar ruxsatsiz avtobusda yo‘lga chiqqan, faqatgina 5 nafar yo‘lovchigina Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ xodimlari tomonidan Ostona shahri vokzaliga yetkazilib, poyezdda Toshkent shahriga yetib keldilar.

Joriy yilning 2018 yil 25 yanvar kuni soat 22:00da mazkur fuqarolar Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidagi «G‘isht ko‘prik», «Zangiota» va «Toshkent» chegara nazorat o‘tkazish punktlari orqali respublika hududiga sog‘-omon kirib kelishdi.


O‘zbekiston Respublikasi FVV Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ Oqmo‘la viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti, akimati, Shortandi tumanidagi 5-sonli Agrotexnika kolleji rahbarlari va xodimlariga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga ko‘rsatilgan yordam va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 237
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar