“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:19
ЎЗO‘Z

Kobulda jangarilar to‘y marosimi o‘tkazilayotgan mehmonxonaga hujum qildi

21 yanv, 11:44 6 000 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kobulda jangarilar to‘y marosimi o‘tkazilayotgan mehmonxonaga hujum qildi Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi Intercontinental Hotel mehmonxonasiga jangarilar hujum qildi. Ushbu hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, kamida 35 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi hujum vaqtida oynadan o‘zini pastga tashlagan edi.

Tolo News xabariga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va maxsus xorijiy jangchilar mehmonxona ichkarisidan 30 kishini olib chiqqan. Shturm vaqtida ikki jangari o‘ldirilgan, mehmonxona ichkarisida yana jangarilar qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, Kobul shimoli-g‘arbidagi tepalikda nikoh marosimi bo‘layotgan vaqtda hujum uyushtirilgan. Jangarilar ichkariga bostirib kirib, to‘yga yig‘ilganlarni o‘qqa tutgan.

Yana bir manbaga ko‘ra, mehmonxonada bu vaqtda informatsion texnologiyalarga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazilayotgandi.
Terrorchilar odamlarni garovga olgan bo‘lishi ham mumkin.

Ushbu hujum uchun javobgarlikni «Tolibon» o‘z zimmasiga olgan.
Bundan avvalgi xabarlarda ushbu hujum oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar