“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:23
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston va AQSh nimalar to‘g‘risida kelishishdi?

17 yanv, 23:30 5 623 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston va AQSh nimalar to‘g‘risida kelishishdi? Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgani va tomonlar bir qancha kelishuvlarga erishgani haqida xabar bergan edik.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida Qozog‘iston 7,5 milliard dollarlik AQSh mahsulotlarini xarid qilishga tayyorligi to‘g‘risida bayonot berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp Qozog‘istonga mahsulotlarning eksport qilinishi, mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin bo‘lishini ta’kidlagan.

Qozog‘iston prezidenti Matbuot xizmatining xabar berishicha, Nazarboyevning AQShga tashrifi doirasida 20 dan ko‘p kelishuvlar imzolangan. Bu kelishuvlar investitsiya, savdo-iqtisodiy, aviatsiya va kosmik tadqiqotlar, nefteximiya va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorliklarni amalga oshirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, uchta hukumatlararo kelishuv: davlat havo kemalariga aeronavigatsion xizmatlar ko‘rsatishda to‘lovlar olmaslik, xalqaro soliq tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, Qozog‘iston hududidan tijoriy temir yo‘l transportini o‘tkazishni ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning bayonnomasidan iboratdir.

AQSh Davlat departamentining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tashrif davomida Boeing, GE Transportation, GE Digital, Chevron, Air Astana, “Qozog‘iston yo‘lovchilarni tashish” va boshqa kompaniyalar o‘rtasida imzolangan kelishuvlar natijasida AQShda 7 mingta ish o‘rni saqlab qolinadi.

2016 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,9 milliard dollarni tashkil etgan, har ikki tomon ham bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish kerakligini ta’kidlashgan.
Shu bilan birga, Nursulton Nazarboyev AQSh ishbilarmonlarini Qozog‘istonda faoliyat yuritishga taklif qilgan. Shuningdek, AQSh fuqarolari uchun viza bekor qilinganini qayd etgan. Ayni vaqtda, mamlakatda 11 ta maxsus iqtisodiy va 22 ta industrial hududlar faoliyat ko‘rsatayotganini ta’kidlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 77
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 107
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 268
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar