“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:21
ЎЗO‘Z

Erondagi «isyon bostirildi»

03 yanv, 21:37 5 473 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erondagi «isyon bostirildi» Eron Inqilob soqchilari korpusi rahbari Muhammad Ali Ja’fariy mamlakatni keyingi hafta davomida qamrab olgan norozilik namoyishlari yakunlangani haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlari korpus matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

«2017 yilning oxirgi kunlarida boshlangan namoyishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi... Namoyishlarga chiqqanlar soni kamchilikni tashkil etdi. Har bir shaharda o‘rtacha 1,5 ming kishi namoyishga chiqqan. Barcha shaharlardagi namoyishchilar soni 15 ming atrofida bo‘ldi», degan u.

U shuningdek, ushbu tartibsizliklarda yana bir bor Vashington, Tel-Aviv va Ar-Riyodni ayblagan.

«AQSh, Isroil va Saudiya Arabistoni IShID jangarilariga Eron hududiga kirib, qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirishga buyruq bergandi», degan Ja’fariy.

U namoyishlar tashkilotchilari sifatida qo‘lga olinganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, oyatulloh Ali Xomaneiyga sodiq kuchlar Isfahon, Luriston va Hamadon viloyatlarida namoyishlarni to‘xtatgan.

28 dekabr kuni kechqurun Mashhadda 200 kishi tuxum narxi keskin ko‘tarilishiga javoban norozilik aksiyasi o‘tkazgandi. Politsiya ularning 52 nafarini hibsga oldi. Keyingi kunda norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga ham tarqaldi.

Eron hukumati namoyishchilar muvofiqlikda harakatlana olmasligini ta’minlash maqsadida Instagram va Telegramni bloklab qo‘ydi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, 6 kun davom etgan tartibsizliklar vaqtida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 1000 nafardan ortiq kishi qo‘lga olindi.

Bugun, Eronning bir qancha shaharlarida hukumat tarafdorlari tinch namoyishlarga chiqishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 15
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar