“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:40
ЎЗO‘Z

Turkiyaga Yevropa Ittifoqida o‘rin yo‘q – Avstriya kansleri

24 dek, 08:09 6 575 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyaga Yevropa Ittifoqida o‘rin yo‘q – Avstriya kansleri Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Turkiya oxirgi yillar olib borayotgan siyosati tufayli Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘la olmasligini aytdi.

“Bu davlatda biz inson huquqlari, asosiy huquq va erkinliklarning jiddiy buzilishlariga duch kelmoqdamiz. Yevropa Ittifoqi buni ko‘rib, o‘zini hech narsa bo‘lmayotgandek tutishini qabul qila olmayman. Fikrimcha, Turkiyaga oxirgi yillar olib borayotgan siyosati tufayli Yevropa Ittifoqida o‘rin yo‘q. Uning ittifoqqa kirishi bo‘yicha muzokaralar tugatilsa adolatli bo‘lardi”, deb aytgan Kurs Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida.

Kursning aytishicha, Turkiya Avstriya, Germaniya va boshqa davlatlardagi turklarning integratsiyasi yuz bermasligi uchun bu davlatlardagi turk jamoatiga kuchli ta’sir qilishga urinmoqda.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligi Avstriyaning yangi hukumati dasturiga norozilik bildirgandi. Dasturda Vena Turkiyaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.

Bryussel va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin yomonlashgan. Yevropa Ittifoqi to‘ntaruv bilan bog‘liq ommaviy hibsga olishlar, Anqara ko‘rgan boshqa choralarni tanqid qilib, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichiga o‘tishni to‘xtatgan.

Ayniqsa Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshilik qilayotgan Avstriya va Germaniya bilan munosabatlar keskinlashib ketgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 2
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 93
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar