“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:35
ЎЗO‘Z

Yevropada 2050 yilda musulmonlar aholining 14 foizini tashkil qilishi taxmin qilinmoqda

01 dek, 06:39 6 306 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevropada 2050 yilda musulmonlar aholining 14 foizini tashkil qilishi taxmin qilinmoqda AQShning Pew Research Center markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot mualliflari Yevropa Ittifoqida migratsiya nol darajada bo‘lganda ham, Yevropaning umumiy aholisi tarkibida musulmonlarning ulushi 2050 yilgacha oshadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Ekspertlar migratsiya darajasi bilan bog‘liq holda uchta ssenariyni tayyorlagan. Unga ko‘ra, migratsiya nol darajada bo‘lganda musulmonlarning ulushi hozirgi 4,9 foizdan 7,4 foizga o‘sadi. Migratsiya darajasi o‘rtacha bo‘lganda esa bu ko‘rsatkich 11,2 foizni, yuqori darajada esa 14 foizni tashkil qiladi. Mualliflar o‘rtacha yoki biroz yuqori darajani haqiqatga yaqin, deb hisoblamoqda.

Tadqiqotda Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi 28 ta mamlakat, shuningdek, Shveysariya va Norvegiya ham hisobga olingan.

Mamlakatlar o‘rtasida musulmonlar ulushi ko‘proq bo‘lganlar Bolgariya (11,1 %), Fransiya (8,8 %), Shvetsiya (8,1 %), Buyuk Britaniya (6,3 %) va Germaniya (6,1 %) hisoblanadi.

Yevropada 2016 yilda jami 25,8 million musulmon bo‘lgan, shu jumladan, Fransiyada 5,7 million va Germaniyada besh million. Uchinchi ssenariyga asosan, Shvetsiyada musulmonlar soni 30,6 foizgacha (4,5 million), Germaniyada 19,7 foizgacha (17,5 million), Fransiyada 18 foizgacha (13,2 million), Buyuk Britaniyada esa 17,2 foizgacha (13,5 million) o‘sadi. Musulmonlarning Yevropadagi umumiy soni 75,6 million kishiga yetadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 0
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 172
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar