“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:15
ЎЗO‘Z

Shveysariya qishlog‘iga yangi ko‘chib borganlarga katta miqdorda pul to‘lanishi ma’lum qilindi

22 noya, 22:25 6 599 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shveysariya qishlog‘iga yangi ko‘chib borganlarga katta miqdorda pul to‘lanishi ma’lum qilindi Shveysariyaning Vale kantoni Albinen qishlog‘ida shu yilning 30 noyabr kuni ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. U mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organining yangi siyosatiga bag‘ishlanadi. Qishloq boshqa shahar va mamlakatlardan ko‘chib kelish istagini bildirganlarga pul taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Oila yoki shaxs Albinenda uy sotib olishga yoki qurishga qaror qilsa, yoshi katta kishining har biriga 25 ming Shveysariya franki (203 079 000 so‘m) va yosh bola uchun 10 ming frank (81 231 400 so‘m) berish nazarda tutilmoqda. Bu to‘g‘risida Kun.uz ma’lum qildi.

Dasturda ishtirok etishni xohlagan nomzod 45 yoshdan katta bo‘lmasligi hamda qishloqda kamida 10 yil yashashga rozilik berishi kerak. Bunda ko‘chmas mulk qiymati kamida 200 ming frankni tashkil etishi va doimiy yashash uyi bo‘lishi shart.

Bu chora qishloq kelajagiga sarmoya hisoblanadi. Mahalliy hokimiyat organi yangi kelganlarning soliq to‘lashi, qurilishga pul tikishi va qishloq do‘konida xaridlarni amalga oshirishi orqali foyda ko‘rishni rejalashtirgan. Yoshlar esa qishloqqa hayotni qaytaradi. Hammasi rejadagidek bo‘lsa, mahalliy maktab ham faoliyatini qayta boshlaydi.

Ayni vaqtda bu yerda atigi 240 kishi istiqomat qiladi, so‘nggi yillarda doimiy yashovchilarning ko‘pi qishloqni tark etdi. Ayniqsa, yosh oilalar ko‘chib ketmoqda. Qolgan fuqarolar qishloq kengashidan Albinen kelajagini qandaydir yo‘l bilan ta’minlashni talab qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 227
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar